Matbuot Sharhlari 16.04.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot Sharhlari 16.04.2018

Yeni Shafak gazetasi: Prezident Erdog’an Pensilvaniyadagi Fetullah Gulenning ham mutlaqo Turkiyaga kelajagini qayd etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasiga qarshi kurashdagi Turkiyaning qarorliligini qayd etdi. Prezident Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Maltepadagi navbatdagi tuman yig’ilishi oldidan so’zlagan nutqida bugungacha 80 nafar FETO a’zosi terroristning chet eldan Turkiyaga olib kelinganligini, Pensilvaniyadagi Fetullah Gulenning ham qanchalik oyoq tirashiga qaramay Turkiyaga mutlaqo kelajagini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Binali Yildirim AQShning Suriya rejimiga qarshi uyushtirgan havo hujumiga to’xtaldi. Bosh vazir Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasining Tuzladagi navbatdagi tuman kongressida nutq so’zladi. Binali Yildirim mazkur nutqida Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligida Suriyadagi rejimga qarshi uyushtirilgan havo hujumi masalasiga to’xtalar ekan bu haqida, suriyalik gunohsiz insonlar birdaniga g’arbning esiga kelib qolganligini lekin bu vaziyatning kech bo’lsa ham qotillarga berilgan bir javob ekanligini ifoda etdi.  

Hurriyet gazetasi: Yostiq ostidan 1 335 kg oltin topildi. Bosh vazirning Iqtisodiyot masalalari bo’yicha o’rinbosari Mehmet Shimshek oltin obligatsiyalariga fuqarolarning ishonganligini va ular qiziqishining katta bo’lganligini qayd etdi. Ikkinchi talabga binoan 7 100 kishi 1 335 kg oltinni yostiq ostidan chiqarib, oltin obligatsiyasi va oltinga asoslangan ijara tizimiga investitsiya kiritganligini ifoda etdi.

Vatan gazetasi: Stoltenberg NATO ittifoqlarini Turkiyani yana-da ko’proq qo’llab-quvvatlashga chaqirdi. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Anadolu axborot agentligiga bergan bayonotida Turkiyaning NATO uchun muhim va strategik ahamiyatga ega sherik bir davlat ekanligini eslatib, NATOning Turkiyani qo’llab-quvvatlashining o’rinli ekanligiga e’tibor qaratib ortidan barcha NATO itifoqlarini, Turkiyani yana-da ko’proq qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.

Haber Turk gazetasi: Marmarisga 13 000 sayyoh tashrif buyurdi. Turkiyaning Mug’la viloyatining Marmaris tumani bu yilning turizm sezonini erta va tez boshlatdi. Shu doirada bugungi kunda 13 000 sayyoh tumanning plyaj va ko’chalarini to’ldirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Tumanda havo harorati 29 darajani ko’rsatar ekan mahalliy va chet ellik sayyohlar dengizda cho’milishni ham kanda qilmadi.

 



Aloqador xabarlar