Matbuot Sharhlari  15.05.2018

Yeni Shafak: “ Prezident Rajab Tayyib Erdo’ g’an: Isroil bir terror davlati.”

Matbuot Sharhlari  15.05.2018

 

 

Matbuot Sharhlari  15.05.2018

Yeni Shafak: “ Prezident Rajab Tayyib Erdo’ g’an: Isroil bir terror davlati.”

Prezident Erdo’g’an, Isroil kuchlari, G’azoda Amerika qo’shma shtatlari( AQSh)ning elchixonasini Tel Avivdan Al-Qudsga ko’chirishiga  norozilik ko’rsatgan Falastinliklarga  o’q uzib, o’nlab  begunoh odamni qatl etishiga norozilik ko’rsatdi. Erdo’g’an, “ Isroilning  amali  bir  genotsiddir.  Isroil bir terrorist davlatdir” dedi. Angliyaning poytaxt Lodondan Turk talabalar bilan uchrashgan Erdo’g’an, Turkiya Falastinni himoya qilishda qarorli ekanini ma’lum qilib, “ Bugun Islom olami sifatida Al- Qudsni boy bergan bir kun bo’lishiga hech qachon ruxsat bermaymiz” deb aytdi.

Haber Turk: “ Bekir Bo’zdag’: Al-Quds mustaqil Falastinning poytaxtidir,”

Bosh  vazir o’rinbosari va hukumat matbuot kotibi Bekir Bo’zdag’, ishg’olchi askarlar tinchlik sevar namoyishlar uyushtirgan qurolsiz o’nlab Falastinlikni qatl etishiga qattiq norozilik ko’rsatdi.

Bo’zdag’, kechaki qatliom tarixda qonli bir  dushanba sifatida  zikr bo’ladi. Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning xalqaro  tartibotlarni   e’tibor bermasdan elchixonasini Al- Qudsga  ko’chirishiga qarshi BMT  xavfsizlik kengashini darhol faoliyatga o’tishi kerak degan Bo’zdag’, Islom o’lkalari ham tashlangan ushbu qadamlar qarshsida  birgalikda harakat qilishi kerak “ dedi.

Vatan: “ Amerika Qo’shma shtatlari ( AQSh)ning vositachiligi yakunlangandir”

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Al- Qudsda sodir bo’lgan Isroil qatliomida katta provokatsiyaga  imzo qo’ygan AQSh, bundan keyin xahlasa ham Isroil- Falastin muammosining yechimida vositachilik qila olmaydi. Chavusho’g’lu, AQShning elchiligini Al- Qudsga ko’chirish sababli sodir bo’lgan voqealarga tegishli, “ Bir tomondan musiqa va ko’ngil ochar bilan ochilish amalga oshirar ekan,  boshqa tomondan qatliom qilmoqda. Ikkalasi ham ayni  yerda sodir bo’lmoqda” dedi. Chavusho’g’lu, “ Isroil kuchlari shafqatsiz ravishda  haqiqiy o’qlar bilan o’q uzmoqda. Bir davlat terrori mavjud. Bir qatliom bor” dedi. Falastinlik namoyishchilar butunlay tinchlik sevar ekanini ta’kidlagan Chavusho’g’lu, “ tinchlik sevar namoyish qilganlarga hatto sabr- toqati yo’q. Bu vaziyatga e’tiborsiz qola olmaymiz. Dunyo jim- jit qolsa  ham biz biz jim- jit qolmaymiz” dedi.

Sabah Gazetasi:” Istanbulda Al- Quds namoyishi”

Istanbulning Beyo’g’lu tumanida yig’ilgan minglab kishi, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Tel-Avivda bo’lgan elchixonasini Al- Qudsga ko’chirishiga norozilik ko’rsatdi. Falastinliklar uchun “ Buyuk falokat” sifatida ta’rif qilgan Nakbaning yilligida AQShning Tel-Avivda bo’lgan Konsulxonasini Al- Qudsga ko’chirishi sababli nohukumat tashkilotlar tunal maydonida yig’ildi. “ Al- Quds musulmonlarningdir” yozma plakatlar ochib Galatasaray maydoniga qarab yurgan guruh tez- tez Isroil va AQShga qarshi shiorlar berdilar.  Nohkumat tashkilotlar,  norozilik namoyishlari  Ramazon oyi bo’yi davom ettirish qarori oldilar.

Star: “ 18 Trillion dollarni boshqargan bank, fond va shirkatlarga Turkiyaga sarmoya  kiritishga chaqirdi”

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Londonda global bozorlarga jihat bergan 18 trillion dollarni boshqargan yirik shirkat boshqaruvchilar bilan  uchrashdi. Yig’ilishda Citigrouop, Credit Suisse, Deutsche Bank, Goldman Sachs, JP Morgan, Morgan Stanley, Rabobank, BlackRock International, Bluebay Asset Management, Fidelity International bilan bir qatorda 25 firma va fondni boshqargan yuqori martabali boshqaruvchilar ishtirok etdi. Erdo’g’an, Turkiyada 3 mingdan ortiq Ingliz shirkati faoliyat ko’rsatganini ma’lum qilib  chet  ellik firmalar  uchun muhim rag‘batlantirish tashviqlarini anglatdi. Yangi tashviq  dasturlari uchun tayyorgarliklar qilganini qayd etgan Erdo’g’an, mahalliy va xorijiy investorlar o’rtasida hech bir farq  bo’lmaydi dedi.  

 


Tanlangan kalimalar: Al-Quds , Elchixonasi , AQSh , Falastin , Matbuot , Turk

Aloqador xabarlar