Matbuot Sharhlari 17.05.2018

Sabah Gazetasi: “ Erdo’g’anning Falastin diplomatiyasi davom etmoqda.

Matbuot Sharhlari 17.05.2018

 

Sabah Gazetasi: “ Erdo’g’anning Falastin diplomatiyasi davom etmoqda.

Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an, Falastindagi oxirgi o’zgarishlar bilan aloqali  Germaniya  kansleri  Merkel, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali alohida- alohida  uchrashuv o’tkazdi. Erdo’g’an  Merkel telefon orqali  uchrashuvida  G’azoda Falastinliklarni nishon olish  natijasida sodir bo’lgan taranglik borasida fikr almashdi. Uchrashuvda mavjud fojiaga yechim topishini qiyinlashtirildi deb ta’kidladi. Erdo’g’an, Eron Prezidenti Ruhoniy bilan telefon orqali  muloqot qildi. Erdo’g’an, Falastindagi oxirgi o’zgarishlar bilan aloqali Rossiya Prezidenti Putin bilan ham uchrashdi.

Star: Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi muhim  uchrashuvlarning kuni ma’lum bo’ldi”

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Tashqi ishlar vaziri Mike Pompeo bilan 4-  iyunda AQShda uchrashadi. Pompeo bilan Chavusho’g’lu, AQShning poytaxti Vashingtonda uchrashadi. Chavusho’g’lu bilan Pompeo uchrashuvida Suriya va Yaqin sharqdagi o’zgarishlar, o’zaro aloqalar, terror tashkilotlari PKK va Fetullahchi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PYD bilan kurash kabi mavzular ko’rib chiqishi kutilmoqda.

Vatan: “ Akardan ikki Kritik uchrashuv”

Bosh shtab rahbari Hulusi Akar, Gretsiya va Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh)Bosh shtab rahbari bilan uchrashdi, Kecha NATO harbiy komitet Bosh shtab rahbarlari  yig’ilishiga ishtirok etish uchun yetib borgan Belgiyaning poytaxti Brusselda Gretsiya Bosh shtab raisi bilan uchrashdi. Egeydagi taranglikning  ortidan dastlabki uchrashuv edi. Bosh shtab rahbari Qo’shin generali Hulusi Akar, AQShlik hamkasbi Qo’shin  generali Joseph Dunford bilan bilan uchrashdi. Uchrashuvda, Akar va Dunforda o’zaro aloqalar va Suriya va  yaqin sharqdagi o’zgarishlar borasida fikr almashdi.

Hurriyat: “ Shimshekdan iqtisodiyot bilan aloqali muhim tveet”

Iqtisodiyotdan mas’ul Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek, Tvitterdan bergan bayonotida siyosat seti saylovdan keyin yaxshilanadi deb ma’lum qildi. Bloomberk Nevs Turkiya byuro shefi Benjamin Harvey  yozgan bir xabarga javob bergan Shimshek, “ siyosiy pragmatizm natijada mustahkam bo’ladi.

Asos tamali bozor iqtisodiyotini  ilgari olib borish  uchun yagona ishonarli   alternativa” deb ma’lum qildi.

Yeni Shafak: “ Akdag’ Isroil  va Misr, yaradorlarni olib keladigan samolyotga ruxsat bermadi”

Bosh vazir o’rinbosari Rajab Akdag’, Shimoliy  Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji va Bosh vazir Tufan Erhurman tomonidan alohida -alohida qabul qilindi. Akdag’, Kiprda bergan izohida, “ Falastindagi yaradorlarni Turkiyaga olib kelish uchun Isroil yoki Misrga samolyotni  qo’ndirish kerak har ikki o’lka ham holi hozirgacha bunga ruxsat bermadi” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: Al-Quds , Falastin , Matbuot , Turk

Aloqador xabarlar