Matbuot Sharhlari  08.11.2018

Haber Turk: “ Vazir Akardan AQShning PKK to’da boshchilar qarori bilan aloqali bayonoti”

Matbuot Sharhlari  08.11.2018

 

Haber Turk: “ Vazir Akardan AQShning PKK to’da boshchilar qarori bilan aloqali bayonoti”

Milliy mudofaa  Vaziri Hulusi Akar, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh) Davlat Kotibligi bo’lginchi terror tashkiloti PKKning uch yuqori martabali  to’da boshchisini, “ Adolat uchun mukofot” dasturi doirasida  ular haqida xabar berganlarga mukofot berishga qarata qarorini ijobiy  deb topganini faqat buning “kech olingan bir qaror” ekanini  ma’lum qildi. Akar, AQShdan bo’lginchi terror tashkiloti PKKga qarata  uslubini, undan hech bir farqi bo’lmagan YPGga ham  qarshi ko’rsatishini  kutganini ma’lum qildi.

Hurriyat: “ AQSh Turkiyaning a’zolik jarayonini himoya qildi”

Yevropa ittifoqi (YI), Turkiya bilan ishtirok muzokaralarini  davom ettirilishini himoya qilganlarini ma’lum qildi. YI Komissiyasi matbuot xizmat kotibi  matbuoti anjumanida Anadoli agentligi muxbirining” YI komissiyasi Kengayishdan mas’ul a’zosi Johannes Hahn Turkiya bilan aloqali  muzokaralarni  yakunlash kerakligini ma’lum qildi. Bu komissiyasining rasmiy uslubini aks ettiradimi?” savoliga javob berdi. YI komissiyasi rasmiy uslubi” faqatgina  raisi Jan-Klod Juncker  tomonidan tilga olinadi deb ta’kidlagan Schinas,  “ YI Komissiya rasmiy mavqe Turkiya bilan ishtirok muzokaralarini  davom ettirilishi jihatidadir.” Dedi.

Vatan: “ Turkiya  u kengashda o’rin oladi”

Turkiya, Dubaida o’tkazilgan Xalqaro elektraloqa  ittifoqi kengashi saylovlarida 146 o’lkaning ovozini olib a’zolik haqini qozondi. Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida ixtisoslashtirilgan tashkiloti aloqa tarmoqlari va xizmatlarini global miqyosda muvofiqlashtirishni maqsad qilgan  Birlashgan millatlar tashkiloti ( BMT) ixtisos tashkiloti ITU Kengashi a’zoligi saylovlari 2018- yili 5- noyabrda Dubaida bo’lib o’tganligi eslatdi. Yozma bayonotda, “ Saylovlarda Turkiya, 146 o’lkaning  ovozini olib beshinchi marotaba ITU kengashi a’zoligini qozondi.” Deb qayd etdi.

Sabah: “ Havo yo’li  yo’lovchi soni 10 oyda 183 millionga ko’tarildi”

Turkiya bo’ylab joriy yiling oktabr oyi oxirida havo yo’lida 182 million 709 ming  862 yo’lovchiga xizmat berdi. Davlat Havo maydonchalarini boshqarish bosh boshqarmasi (DHMI) oktabr oyi bilan aloqali aviatsiya, samolyot yo’lovchisi va yuk statistikalarini ma’lum qildi. Bunga ko’ra, oktabr oyida,

Aeroportlarga qo’nib uchgan samolyot soni mamlakat bo’ylab tarmoqlarda 75 ming 583nafar

 Chet ellarda esa 61 minga 332 nafarga bordi deb ma’lum qildi.

Star: “ Indo Defence Ko’ragazmasida namoyish etilgan KaplanMT ko’rgazmaning yulduzi”

Indo Defence ko’rgazmasi kecha Indoneziyada boshladi. FNSS firmasi Indoneziya firmasi PT Pindad bilan barobar Turkiyada loyihalashtirib rivojlantirgan o’rta  og’irlik sinfidagi tank KAPLAN MT  ko’rgazmada yangi bir nom bilan o’rin oldi. Indoneziyada qabul testlarini  muvaffaqiyat bilan o’tgan tank ketma-ket ishlab chiqarishning nomi “ Harimau” sifatida belgilandi. Ko’rgazmaning eng diqqat jalb etgan va keng sohada namoyish etilgan mahsulot, ziyoratchilarning diqqatini o’ziga qaratdi.

 


Tanlangan kalimalar: Turk Matbuoti

Aloqador xabarlar