Dunyo chempionati kubogi Sochida namoyish etilmoqda

Rossiyada 2018-yili bo’lib o’tadigan futbol bo’yicha dunyo chempionatida g’olibga topshiriladigan mundial kubok eng avvalo Sochiga olib kelindi.

Dunyo chempionati kubogi Sochida namoyish etilmoqda

Rossiyada 2018-yili bo’lib o’tadigan futbol bo’yicha dunyo chempionatida g’olibga topshiriladigan mundial kubok eng avvalo Sochiga olib kelindi.  

Dunyoni aylanib chiqadigan ushbu kubok Sochida marosim bilan kutib olinar ekan 26-noyabrgacha shahar markazidagi Bayroq maydonida namoyish etiladi.

Aytib o’tish joizki 2018-yili bo’lib o’tadigan dunyo chempionati 14-iyundan boshlab 15-iyulgacha Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg Volgograd, Qozon, Nizhniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Sochi va Yekaterinburg shaharlarida uyushtiriladi.

Turnirning ochilish va yopilish musobaqalari Moskvadagi Lujniki stadionida o’tkaziladi.

 



Aloqador xabarlar