"Cape Town velosiped poygasi"da 3 sportchi hayotdan ko'z yumdi

Musobaqa tashkilotchisi David Bellairs ma'lum qilishicha, kecha boshlangan musobaqada velosipedchilar orasida ketma-ket halokat ro'y bergan.

"Cape Town velosiped poygasi"da 3 sportchi hayotdan ko'z yumdi

Janubiy Afrikaning turistik shahri Cape Townda o'tkazilgan "Cape Town velosiped poygasi"da 3 sportchi hayotdan ko'z yumdi.

Musobaqa tashkilotchisi David Bellairs ma'lum qilishicha, kecha boshlangan musobaqada velosipedchilar orasida ketma-ket halokat ro'y bergan.

Ular poyga asnosida bir-birining ustiga bosib tushgan va bu shaklda halokat ro'y bergan.

Fojiada 3 sportchi halok bo'lgan.

Musobaqani tashkil qilish jarayonida har qanday xavfsizlik chora-tadbirlari to'la olinganligini aytgan David Bellairs voqea yuzasidan tergov boshlanganligini ma'lum qildi.

40 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazilib kelinayotgan velosiped musobaqasiga bu yil turli mamlakatlardan jami 35000 sportchi ishtirok etmoqda.

O'tgan yilgi musobaqa soatiga 120 km tezlik bilan esgan shamol tufayli bekor qilingandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: David Bellairs , Cape Town , musobaqa , poyga , velosiped

Aloqador xabarlar