Turk Milliy sportchilari musobaqani bu gal 13 ta medal bilan yakunladi

Turk Milliy sportchilari Yevropa chempionatida yana g’oliblikni qo’lga kiritib, musobaqani bu gal 13 ta medal bilan yakunladi.

Turk Milliy sportchilari musobaqani bu gal 13 ta medal bilan yakunladi

Turk Milliy sportchilari Yevropa chempionatida yana g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Shu doirada Taha Akgul, 125 kilogramdagi erkaklar o’rtasidagi erkin kurash musobaqasida Yevropa chempioni bo’ldi.

Milliy kurashchi shu bilan oltinchi marotaba Yevropa chempioni bo’lib u, turk sportchilari ro’yhatida erkin kurash bo’yicha rekord o’rnatdi.

Soner Demirtash esa oltin medalni 74 kilogramdagi musobaqada qo’lga kiritdi.

Rejep Topal 61 kilogramda, Serdar Bo’ke esa 92 kilogramda bronza medalni qo’lga kiritdi.

Huddi mana shu natijalar ortidan Turkiya kurash bo’yicha Yevropa chempionatida 5 ta oltin va 8 ta bronza medal jami 13 ta medalni qo’lga kiritib, katta muvaffaqiyatga qo’l yetkazdi.



Aloqador xabarlar