“Oltin to’p” mukofati uchun nomzodlar ro’yhati e’lon qilindi

Dunyoda yilning eng yaxshi futbolchisiga berilgan Oltin to’p (Ballon d'Or) mukofati uchun nomzodlar ro’yhati e’lon qilindi.

“Oltin to’p” mukofati uchun nomzodlar ro’yhati e’lon qilindi

Dunyoda yilning eng yaxshi futbolchisiga berilgan Oltin to’p (Ballon d'Or) mukofati uchun nomzodlar ro’yhati e’lon qilindi.

France Football nashrining mazkur ro’yhatida 30 nafar futbolchi o’rin olgan.

Ro’yhatda Oltin to’p mukofatini 5 marotaba qo’lga kiritgan Barcelonaning argentinalik futbolchisi Lionel Messi bilan Juventusning portugaliyalik futbolchisi Cristiano Ronaldodan tashqari Real Madrid bilan Xorvatiya Milliy terma jamoasidagi o’yini natijasida Xalqaro futbol ittifoqining 2018-yilgi mavsumining “eng yaxshi futbolchisi” mukofatiga loyiq deb topilgan Luka Modric ham o’rin oldi.

Shuningdek 30 kishilik ro’yhatda Paris Saint-Germaindan Neymar va Kylian Mbappe, Liverpooldan Muhammed Salah, Chelseadan Eden Hazard, Atletico Madriddan Antoine Griezmann ham o’rin oldi.

Aytib o’tish joizki France Football nashri tomonidan 1956-yildan boshlab 2009-yilgacha berilgan “Oltin to’p” mukofati bilan FIFA tomonidan 1991-yildan boshlab 2009-yilgacha berilgan “Yil futbolchisi” mukofati 2010-yili “FIFA Oltin to’p” nomi ostida birlashgan edi.

Mazkur mukofat sherikligi 2016-yili to’xtatildi.



Aloqador xabarlar