La-Mansh bo’g’ozidan topilgan jasadning Emiliano Salaga oid ekanligi aniqlandi

Angliyaning janubi-g'arbiy qismidagi Dorset politsiyasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra, dengizdan chiqarilgan jasadning futbolchiga oid ekanligi rasmiy ravishda tasdiqlangan.

La-Mansh bo’g’ozidan topilgan jasadning Emiliano Salaga oid ekanligi aniqlandi

Bo’lakchalari La-Mansh bo’g’ozidan topilgan uchoqdagi jasadning argentinalik futbolchi Emiliano Salaga oid ekanligi aniqlandi.

Angliyaning janubi-g'arbiy qismidagi Dorset politsiyasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra, dengizdan chiqarilgan jasadning futbolchiga oid ekanligi rasmiy ravishda tasdiqlangan.   

Natija haqida Sala va uchuvchi David Ibbotsonning oilasiga xabar yetkazilganligi eslatilgan bayonotda, maxsus mutaxassislar tomonidan oilalarga manaviy jihatdan yordam berilganligi ta’kidlandi.

Fransiyaning Nantes shahridan Uels poytaxti Kardiffga borish uchun 22-yanvar kuni ko’tarilgan kichik uchoq, La-Mansh bo’g’ozi ustida yo’qolib qo’lar ekan Sala va uchuvchining tirikligidan umidlar uzilgandi.

Fevralning uchunchi kuni uchoq bo’lakchalarining o’rni aniqlanib, ichidagi jasadning olib chiqilishi uchun kerakli faoliyatlar boshlatilib ortidan, 6-fevral kuni olib chiqilgan jasadning kimga oid ekanligini aniqlash uchun Isle of Portlandga yuborilgan.

Uchoq esa noqulay havo sharoiti va texnik qiyinchiliklar yuzasidan quriqlikka chiqarilmagan.  

Sala, Angliyaning Premer ligasining “Kardiff Siti” klubi bilan 15 million sterlinlik kelishuvga qo’l qo’ygandi.

 

 



Aloqador xabarlar