Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 1-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiyaning Turkistonga/ Markaziy Osiyoga qaratilgan Xalq diplomatiyasi faoliyatlari haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 1-qism

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 1-qism

Markaziy Osiyo davlatlarining o’z mustaqilligini e’lon qilishi hech shubhasiz Turk Tashqi siyosatiga yangi sahifa ilova etdi. Turkiyaning; o’rtoq til, tarix va madaniy bog’lari bo’lgan bu davlatlar bilan bo’lgan munosabati va hamkorliklari bir necha sohada qisqa vaqt ichida rivojlanib ketdi. Shunday ekan Turkiya, mintaqa davlatlarining muhim hamkori hisoblanadi.

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar bilan bo’lgan o’z hamkorligini orttirish maqsadida 1992-yildan beri Turkiyaning rahbarligida davom etgan “Turk tilida so’zlashuvchi Davlatlar Davlat rahbarlari Sammiti”ning eng muhim natijalaridan biri Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’ziston ishtirokida 2009-yili “Turk kengashi”ning tashkil topishidir.

Turk dunyosida hamkorlikning tashkilotlanishida hal qiluvchi rolga ega bo’lgan va markazi Istanbulda joylashgan kengashga Turkmaniston doimiy betaraf davlat maqomi yuzasidan, O’zbekiston esa siyosiy sabablar yuzasidan a’zo bo’lgani yo’q.

Turkiyaning mintaqaga qaratilgan Xalq diplomatiyasi faoliyatlari madaniy, ta’lim, axborot vositasi va taraqqiyot yordamlari ustidan yuritilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan faoliyatlar natijasida 1993-yili Turk madaniyati va san’atining, tilining, tarixiy me’rosining himoya qilinishi, bu qadriyatlarning butun dunyoga tanitilishi va yosh avlodga yetkazilishi maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) barpo etildi. Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston bilan birga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi 6ta avtonom respublika shuningdek, Moldoviyaning Gagauz yeri avtonom mintaqasi ham kuzatuvchi davlat sifatida TURKSOYga a’zodir. Bu vaziyat TURKSOYni, Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamoatlar orasida eng asosiy tashkilotga aylantirmoqda. A’zo va kuzatuvchi a’zo davlatlarning Madaniyat va Turizm vazirliklari ishtirokidagi faoliyatlarini davom ettirgan TURKSOY, ko’p tomonli hamkorlik va o’zaro xalq diplomatiyasi jihatidan muhim tashkilot hisoblanadi.

Mintaqa bilan bo’lgan munosabatida ta’lim faoliyatlariga katta ahamiyat bergan Turkiya, 1992-yili boshlatilgan “Yirik ta’lim loyihasi” orqali Turk Respublikalaridan yuzlab talabaga mezbonlik qildi. Bugungi kunda “Turkiya stipendiyalari” deb nomlangan keng ko’lamli loyiha Chet eldagi turklar va qardosh jamoatlar boshchiligi tomonidan olib borilmoqda. Ushbu loyiha tarkibida o’rin olgan “Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar stipendiya dasturi” doirasida har yili onlab talaba Turkiyadagi universitetlarga qabul qilinmoqda. Shuningdek, turk tilining yoyilishini ko’zda tutgan faoliyatlari bilan Turkiyaning eng muhim xalq diplomatiyasi vositalaridan biriga aylangan Yunus Emre nomidagi institutning Markaziy Osiyodagi yakkayu-yolg’iz markazi, Qozog’iston poytaxti Astanada faoliyat ko’rsatmoqda. Turkiya Xalq ta’limi vazirligi qoshida Qirg’iziston va Turkmanistonda to’rttadan; Qozog’iston va O’zbekistonda esa bittadan ta’lim markazi mavjud.    

Qirg’iziston-Turkiya Manas universiteti 1997-1998 o’quv yilidan beri Bishkekda faoliyat ko’rsatmoqda. Universitet Qirg’iziston, Turkiya, Turk Respublikalari va Qardosh jamoatlardan talaba qabul qilmoqda. Ta’lim qirg’iz va turk tillarida beriladi.

Turk dunyosining mushtarak davlat universiteti hisoblangan Ahmat Yassavi universiteti o’z faoliyatini Qozog’istonda davom ettirmoqda. Universitet turk va qozoq tillarida ta’lim berib kelmoqda.

Turkiyaning Turkistonga/ Markaziy Osiyoga qaratilgan xalq diplomatiyasi biz aytib o’tganlardan iborat emas. Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi, Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligining ham muhim faoliyatlari mavjud. Bular haqida keyingi dasturlarimizdan birida batafsil ma’lumot beramiz.

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limi Tadqiqot yordamchisi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

Qirg’iziston-Turkiya Manas universiteti 1997-1998 o’quv yilidan beri poytaxt Bishkekda faoliyat ko’rsatmoqda. Universitet Qirg’iziston, Turkiya, Turk Respublikalari va qardosh jamoat bosh bo’lish bilan birga boshqa davlatlardan talaba qabul qilmoqda. Ushbu universitetda bugungi kunda qariyb 400 nafar turkiyalik talaba ta’lim olar ekan qirg’izistonlik talabalar, universitetdagi  talabalar sonining 84 foizini tashkil etmoqda. Universitet Turkiya va Qirg’izistondagi davlat universitetlari bilan bir xil statusga ega bo’lib u avtonom universitet hisoblanadi. Qirg’iziston-Turkiya Manas universitetida ta’lim bepul bo’lib, talabalar stipendiya bilan ta’minlanmoqda. Darslar esa qirg’iz va turk tillarida olib boriladi.

Turk dunyosining birinchi o’rtoq davlat universiteti hisoblangan Ahmat Yassaviy universiteti o’z faoliyatini Qozog’istonda davom ettirmoqda. Universitet turk va qozoq tillarida ta’lim berib kelmoqda. Roppa-rosa 880 ilmiy xodim xizmat berib kelayotgan universitetda iqtisodiyot, tarix va ta’lim, turkologiya va chet tillari filologiyasi, huquq, tibbiyot, fan, sport va san’at va informatika fakulteti mavjud.

 



Aloqador xabarlar