BMTXKning ochiq munozarasida Nazarboyevning siyosiy maktubi bilan tanishtirildi

Kecha Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog’iston, yadroviy qurolsiz dunyo barpo etish va global urush xavfining oldini olish masalasiga hissa qo’shish kuchiga ega ekanligi ta’kidladi.

BMTXKning ochiq munozarasida Nazarboyevning siyosiy maktubi bilan tanishtirildi

Kecha 2017-yilning 10-yanvari kuni Qozog’iston birinchi marotaba, BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zosi sifatida  uning, “To’qnashuvlarning oldini olish va tinchlikni himoya qilish” deb nomlangan ochiq munozarasida ishtirok etdi. Huddi mana shu munozara chog’ida Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdirahmanov Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning, “Xavfsiz, odilona va gullab yashnagan dunyo barpo etish uchun global hamkorlikni mustahkamlashda Qozog’istonning kontsepsual ko’z qarashi” deb nomlangan siyosiy maktubi bilan tanishtirib o’tdi.

Tashqi ishlar vaziri Abdirahmanov o’qib eshittirgan maktubda Prezident Nazarboyev, Qozog’iston o’z a’zoligi chog’ida  BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zo davlatlari bilan ochiq-oydin, ob’yektiv, muvozanatli va konstruktiv hamkorlik ichida faoliyat olib borajagini ma’lum qilgan. Shuningdek, Qozog’istonning yadroviy qurolsiz dunyo barpo etish va global urush xavfining oldini olish masalasiga hissa qo’shish kuchiga ega ekanligi ta’kidlangan.  

Nazarboyev Afg’onistondagi barqarorlikning qo’llab-quvvatlanishi va Markaziy Osiyodagi tinchlikning ta’minlanishi masalalarida Astananing rahbarlik qila olishini ham qayd etgan.

Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan tadbirda BMT Bosh kotibi Antonio Guterres, Buyuk Britaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Fransiya, Niderlandiya, Ukraina, Shvetsiya, Efiopiya va Yaponiyaning Tashqi ishlar vazirlari va tashqi ishlar vazirlarining o’rinbosarlari; Rossiya, Xitoy, AQSh va BMTga a’zo boshqa davlatlarning BMT qoshidagi doimiy vakillari ishtirok etdi.   



Aloqador xabarlar