Bugun Jenevada, Kipr muammosining eng nozik masalasi “tuproq” moddasi muhokama qilinadi

BMT kuzatuvida Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etgan Kipr muzokaralari doirasida bugun tomonlar taqdim etadigan xaritalar tashkilotning xususiy kassasida saqlanadi va bu xaritani faqatgina 5 kishi ko'rish imkoniga ega.

Bugun Jenevada, Kipr muammosining eng nozik masalasi “tuproq” moddasi muhokama qilinadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etgan Kipr muzokaralari doirasida bugun tomonlar taqdim etadigan xaritalar tashkilotning xususiy kassasida saqlanadi.

“Anadolu” axborot agentligi muxbiri tomonidan diplomtik manbaalardan qo’lga kiritilgan ma’lumotga ko’ra Jenevadagi muzokaralarning oxirgi kunida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis taqdim etadigan xaritani faqatgina 5 kishi ko’radi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan ofisida davom etgan Kipr muzokarasida bugun eng nozik masala yani tuproq masalasi muhokama qilinadi. Ortidan muzokara hay’ati tashqariga chiqadi. Yig’ilish zalida faqatgina Akinji, Anastasiadis, 2 nafar xarita mutaxassisi va BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eide qoladi.  

Eidening kuzatuvida, bir vaqtning o’zida Prezident Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis o’z xaritalarini taqdim etadi. ShKTR bilan Kiprning grek tomoni nomidan ishtirok etgan ikki kishi esa xaritalarni tekshirib chiqqanidan keyin Eidega topshiradi. Eide esa qabul qilib olgan har ikki xaritani ham BMTning maxsus kassasida saqlaydi.

ShKTR Prezidenti voizi Barish Burjuning avval bergan ma’lumotiga ko’ra agar kelishib olingudek bo’lsa unda ShKTR tuprog’i 29.2 foizigacha qisqarishi mumkin faqat Kiprning grek tomoni bu raqamning 28.2 foizgacha qisqarishida oyoq tiramoqda. 

Eslatib o’tamiz Shimoliy Kipr Turk Respublikasi orolning qariyb 35 foizini nazorat qilmoqda.



Aloqador xabarlar