Turk olamidan xabarlar 2-qism

O‘zbekistonlik shaxmatchi Sarvinoz Qurbonboyeva Hindistonda o‘tgan xalqaro shaxmat musobaqasi sovrindori bo‘ldi.

Turk olamidan xabarlar 2-qism

                    

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Anadolu agentligining dasturiga ishtirok etib, muhim xususlarda bayonot berdi.

Chavushog’lu Turkiya-Ozarbayjon-Qozog’iston uch tomonlama hamkorlik platforumini tashkil qilish bo’yicha faoliyatlar amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Bolqonlar va Kafkaziyada uch tomonlama mexanizmning davom etishini tilga olgan Chavushog’lu kelgusi oylarda Ozarbayjon-Turkmaniston-Turkiya o’rtasida sammit o’tkazilishini tilga oldi.

Shuningdek, Turkiya-Ozarbayjon-Qozog’iston mexanizmining ham yaqinda hayotga tadbiq etilishini aytgan Chavushog’lu: “Mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida katta g’ayrat ko’rsatyabmiz. Murakkab tashqi siyosat bizni kutmoqda. Hamkorlarimiz bilan birga xizmatga tayyormiz”,-dedi.

 

Navbatdagi xabarimiz Qirg’izistondan olingan.

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev 5 yanvar kuni “2017 yilni axloq, ta’lim-tarbiya va madaniyat yili” deb e’lon qilinishi to’g’risidagi qarornomani imzoladi.

Qarornoma quyidagicha;

“Global ehtiyojlar va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi Qirg’iziston uchun katta fursatlarni keltirib chiqarish bilan birga, ayni paytda boshqa muammolarga ham sabab bo’lmoqda. Bu shartlarda mamlakatning strategik rivojlanish maqsadlariga erishish, avvalo davlat va jamiyatning, insonlarning axloqi, ongi, tarbiyasi va ma’naviyatiga to’g’ridan e’tibor qaratishni taqazo qiladi.

 “Tarix va madaniyat” yili deb e’lon qilingan 2016 yil dasturi jamiyat tomonidan qo’llab quvvatlandi. Qolaversa, xalqimizning tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylashnning ahamiyatini namoyon qilish bilan birga, bu sohalarda katta imkoniyatlar mavjudligini, bu qadriyatlar zamonaviy qirg’iz xalqining shakllanishining asosini tashkil qiladi.

Mana o’tib ketgan 2016 yil mobaynida Qirg’iziston fuqarolarida o’z mamlakat va xalqining tarixiga e’tibori yanada oshdi. Bu esa, mamlakatda madaniyat rivojining va ma’naviyatning gullab-yashnashi uchun katta e’tibor qozondi.

Mana 2016 yili Qirg’izistonda “1916 yilgi milliy ozodlik kurashining 100 yilligi” munosabati bilan milliy va xalqaro maydonda xotira marosimlarini o’tkazdik. 100 yil kutgan xalqimizning erkinligi uchun shahidlar xotirasi uchun muqaddas burchimizni a’do etdik.

Bu ma’noda 2017 yilning axloq, ta’lim-tarbiya va madaniyat yili” deb e’lon qilinishi xalqimizning va davlatimizning ravnaqi yo’lida ustuvor yo’nalishlardan biri bo’ladi”,-deb yoziladi qarornomada.

 

Navbatdagi xabarimiz Rossiya Federatsiyasiga qarashli Tatariston Respublikasidan olingan.

Tatarturk.com internet saytida berilgan xabarga ko’ra, 2016 yil Tatariston jihatidan yana muvaffaqiyatli yakunlandi. Dunyoda ro’y bergan iqtisodiy inqirozga qaramay, Tatariston investitorlarni o’ziga jalb qilishda katta yutuqlarga erishdi.

Bir tadqiqotga ko’ra, Tatariston Rossiya tarkibidagi investitsiyaga boy bo’lgan joylardan biri deb topildi.

“Medialogiya” shirkati bilan “Publicity” agentligi bugun Rossiyada investitorlar uchun eng qulay bo’lgan joylarni aniqladi.

Bunga ko’ra, Rossiyaning poytaxti Moskva bilan Tatariston ro’yxatda birinchi o’rinni egalladi.

So’ngra, navbat bilan Qrim, Sankt Peterburg va Tumen shaharlari investitsiya imkoniyatlari katta bo’lgan shaharlar deb topildi.

“Rossiya Federatsiyasining sport poytaxti” unvoniga ega bo’lgan Tatariston Respublikasi Rossiyaning sportga katta e’tibor berilgan hududlari reytingida birinchi o’rinni egalladi.

 

Navbatdagi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Sarvinoz Qurbonboyeva Hindistonda o‘tgan xalqaro shaxmat musobaqasi sovrindori bo‘ldi.

12-dekabrdan 3-yanvargacha Hindistonning Mumbay shahrida xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston shaxmat fedaratsiyasi xabar beradi.

Standart shaxmat bo‘yicha musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 218 nafar sportchi ishtirok etdi.

Jumladan, O‘zbekiston nomidan Sarvinoz Qurbonboyeva jahon reytingida 2274 ochko, to‘qqiz tur natijasiga ko‘ra, 6 ochko to‘plagan holda, ayollar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada ukrainalik grossmeyster Adam Tuxayev g‘olib bo‘ldi.

Qayd etish joizki, 13−18-dekabr kunlari Filippinning Olongapo shahrida o‘tgan ayollar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada Sarvinoz Qurbonboyeva bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

 



Aloqador xabarlar