Turkiya delegatsiyasi O'zbekistonda bo'lib qaytdi

Joriy yilning 5 yanvar kuni O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Turkiya delegatsiyasi O'zbekistonda bo'lib qaytdi

Turkiya delegatsiyasi O'zbekiston tashqi savdo idorasiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik bo'yicha Bosh boshqarmasi boshlig'i Sh.V.Altay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik, Turkiya kompaniyalari ishtirokidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida hamkorlik o'rnatish borasidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, shu yilning fevral oyida bo'lib o'tadigan O'zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig'ilishiga tayyorgarlik borasidagi masalalar muhokama qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar