TIKA ko’magida o’zbek politsiyalariga atab seminar o’tkazildi

Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko’magida o’zbek politsiyalariga atab Toshkentda seminar o’tkazildi

TIKA ko’magida o’zbek politsiyalariga atab seminar o’tkazildi

Joriy yilning 13‒17 noyabri kunlari Turkiya Bosh vaziri Devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi, O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamkorligida o’zbek politsiyalariga atab o’quv seminari o’tkazildi.

Turk xavfsizlik xodimlari tomonidan poytaxt Toshkentda o’tkazilgan seminarda Toshkent Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi qoshidagi Bolalar va yoshlar politsiyasi bo’limi nomidan ko’plab politsiya xodimi ishtirok etdi. Ishtirokchilarga seminar yakunida uyushtirilgan marosimda sertifikat ham topshirildi.

Marosimda so’z olgan TIKAning O’zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori Ali Ihsan Chag’lar 2011-yildan beri O’zbekistonning Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bilan 36 ta seminar uyushtirganliklarini eslatgan holda, bundan keyin ham borgan sayin rivojlanib borayotgan Turkiya-O’zbekiston hamkorligi doirasida bunday faoliyatlarning davom etajagini qayd etdi.   

TIKAning Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik ichida dunyoning 120 dan ortiq davlatida shu va shunga o’xshash o’quv seminarlari uyushtirganligini eslatgan Ali Ihsan Chag’lar, ular orasida O’zbekistonning o’quv seminarlarini eng samarali o’tkazgan davlatlardan biri ekanligini qayd etdi.  

O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar doirasi yetakchilaridan Shuhrat Azamxo'jaev ham o’quv seminarining samarali o’tganligiga e’tibor qaratib TIKA va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi yetakchilariga minnatdorchilik bildirdi.



Aloqador xabarlar