Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 51-qism

Ziya Go’kalp g’oyasi Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va turk dunyosi hayotida muhim o’ringa ega. Dasturimizning bugungi bo’limida Ziya Go’kalp va uning faoliyatlarining bugungi kunga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 51-qism

Turk dunyosining buyuk siymosi va turk dunyosi o’rtasida hamkorlik qilish kabi yuksak g’oyalarning asoschilaridan yana biri diyarbakirlik Mehmed Ziya Go’kalpdir. Ziya Go’kalp 1876-yilning 23-marti kuni Turkiyaning Diyarbakir viloyatida dunyoga keldi. Go’kalp, Diyarbakirning o’ktam oilalaridan Muftizoda va Pirinchzoda oilalariga mansupdir. II Mashrutiyatning e’lon qilinishi bilan Diyarbakirda Ittihod va Taraqqiy jamiyatining bo’limini tashkil etib, unga rahbarlik qila boshlagan Ziya Go’kalp o’sha davrlarda madaniy va ilmiy faoliyatlarini yana-da faol yurita boshladi. 1912-yili bo’lib o’tgan Majlis saylovlari natijasida Diyarbakirning Ergani tumani nomidan deputat etib saylanib majlisga kirdi. 1923-yili “Turk yurdu” nomidagi jurnalda “Turkchilik, Islomchilik, Zamonaviylik” deb nomlangan turkum maqolalari chop etildi. Go’kalp ushbu maqolalarida bu uch oqimning bir-birga qarama-qarshi emasligini, aksincha bir-birini tamomlaganliklarini ilgari surdi.   

Hukmronlik davri 1919-yili boshlagan Damat Ferit Pasha hukumati o’z davrida Ittihod va Taraqqiy jamiyati a’zolarini nazorat ostiga ola boshlaydi. Shu doirada 1919-yilning 30-marti kuni Go’kalp ham nazorat ostiga olinadi va ingilizlar tomonidan Maltaga surgun qilinadi. Maltadan 1921-yilning 19-mayi kuni Istanbulga qaytdi. Ortidan esa o’zi tug’ilib o’skan yurti Diyarbakirga borgan Ziya Go’kalp Diyarbakirda o’qtuvchilik qildi. Shuningdek milliy kurashni qo’llab-quvvatlagan yig’ilishlar va konferentsiyalar uyushtirib, xalq kuchiga-kuch qo’shdi. 1923-yili o’tkazilgan saylovlarda Diyarbakirdan deputat sifatida majlisga kirgan Ziya Go’kalp deputatligi chog’ida ham fikriy va madaniy faoliyatlarini davom ettirdi.   

Ziya Go’kalp ham huddi Ismoil Gaspirali kabi Istanbul turkchasining barcha turk xalqining mushtarak adabiy tiliga aylanishi kerakligiga ishonch hosil qilgan turk olimlaridan biri edi. Go’kalpning fikricha Istanbul turkchasini Turk dunyosining mushtarak adabiy tiliga aylantirish butun turklarning burchidir. Bu vazifa bajarilganida Turklar bitta millatga aylanadi. Go’kalp bu ifodalar bilan keyingi avlodga meros sifatida ajoyib maqsad qoldirgan. Unga ko’ra Turkiya, Turkiyadan boshqa tuproqlarda yashagan turklar bilan eng a’lo darajada, madaniy hamkorlik qurishi kerak. 

Go’kalp, Turk tiliga alohida e’tibor berilmaganligi tufayli Turk xalqlari orasida yuritilgan bu boradagi faoliyatlarning judayam sekin ilgarilaganligini shuningdek, elita bilan xalq orasida ajralish yuzaga kelganligini ta’kidlar. Go’kalp, tilni oddiylashtirish bilan birga uni jonlantirishni himoya qilgan holda Turk dunyosida til birligi tashkil topishi kerakligini ifoda etadi. Bu faqatgina Anado’luni o’z ichiga olish bilan cheklanib qolmay butun Turk dunyosi tushungan til bo’lish birligidir. Go’kalpning fikricha, Turk dunyosida birlik tashkil etilishi uchun mushtarak turk tilidan foydalanilishi kerak. Shu bois Ziya Go’kalp Istanbul turkchasining butun Turk dunyosining mushtarak adabiy tili bo’lisihini taklif qiladi.

“Ziya Go’kalp, fikrlarimning otasi” degan Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk uchun ham Turk dunyosi o’rtasida hamkorlik qilish masalalari eng muhim kun tartibi moddalaridan biri bo’lgan. Turkiya Respublikasi, asos solingan 1923-yildan beri ma’lum maqsadlar yo’lida, barqaror tashqi siyosat kuzatdi. Respublika davrida Turk tashqi siyosatining asoslari Otaturk tomonidan belgilandi va shakllantirildi.

Mustafa Kamol Otaturk uchun Turk dunyosida eng avvalo madaniy birlik tashkil etilishi kerak edi. Shu doirada Turkiya, ham Turk dunyosining madaniy jihatdan uzilgan aloqalarining oldini olish ham da G’arb bilan bo’lgan aloqalarini yuritish maqsadida 1928-yilning 1-noyabri kuni lotin alifbosini qabul qildi. Bu yo’l orqali Turk dunyosidagi madaniy aloqalarning qayta tiklash uchun katta imkon yaratildi. Lekin Turk dunyosidagi hamkorlik fikridan qo’rqqan Sovet ittifoqi, Ikkınchi Jahon urushi ortidan Sovet ittifoqi tarkibidagi turklarning kirill alifbosini qabul qilishini talab qildi. Shu yo’l orqali Sovey ittifoqi, Turkiya bilan Turk dunyosi o’rtasidagi madaniy aloqani uzishga harakat qildi.  

Shunga qaramay Ziya Go’kalp fikrlari bilan Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida tashlangan shaxdam qadamlarning asosi bugungi kunda ham yo’lga qo’yilib kelmoqda. Shu jumladan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kabi liderlarning say harakati bilan Ziya Go’kalp va Otaturk g’oyalari turli xalqaro tashkilotlar tarkibida o’z o’rnini topish payida. Shu jumladan Turk kengashi, TURKSOY, Turk akademiyasi bosh bo’lish bilan birga turli xalqaro tashkilotlar bu asosda turli faoliyatlar olib bormoqda. Aytib o’tish joizki Ziya Go’kalp va Mustafo Kamol Otaturk g’oyalarini yo’lga qoyish Yevroosiyo hududida tinchlikning o’rnatilishi uchun muhim rol o’ynaydi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar