Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev yangi hukumatni shakllantirdi

Prezident Ilhom Aliyev vazirlar mahkamasi va davlat qo’mitasi rahbarlarini tayinlash to’g’risidagi qarornomani imzoladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev yangi hukumatni shakllantirdi

Ozarbayjonda 11 aprel kuni bo’lib o’tgan saylovda takror g’alaba qozongan Ilhom Aliyev yangi vazirlar mahkamasini tasdiqladi.

Prezident Ilhom Aliyev vazirlar mahkamasi va davlat qo’mitasi rahbarlarini tayinlash to’g’risidagi qarornomani imzoladi.

Avvalgi vazirlar mahkamasida o’rin olgan vakillarning aksariyati o’z o’rnini saqlab qoldi.

Xususan, ichki ishlar vaziri lavozimiga Ramil Idris o'g'li Yusufov, tashqi ishlar vaziri Elmar Muharram o'g'li Mamedyorov, mudofaa vaziri — Zokir Asqar o'g'li Hasanov, favqulodda vaziyatlar bo'yicha vazir — Kamoliddin Fattoh o'g'li Haydarov, iqtisodiyot vaziri — Shahin Abdulla o'g'li Mustafoyev qayta tayinlangan.

Yangi hukumat tarkibida energetika vaziri Parviz Oqtoy o'g'li Shohbozov, adliya vaziri — Fikrat Farrux o'g'li Mamedov, moliya vaziri — Samir Rauf o'g'li Sharifov, transport, aloqa va ilg’or texnologiyalar vaziri — Ramin Namiq o'g'li Quluzoda, soliq vaziri — Mikoil Chingiz o'g'li Jabborov kabi vakillar ham o'z o’rnini saqlab qolishgan.

Davlat rahbari mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga yangi rahbar tayinladi ya’ni, Sohil Rafiq o'g'li Boboyev mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri etib tayinlandi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi vaziri ham o'zgardi — Inom Imdod o'g'li Karimov qishloq xo'jaligi vaziri etib tayinlandi.

Hozircha ta`lim, sog'liqni saqlash, yoshlar va sport, shuningdek, madaniyat vaziri tayinlanmagan.

Farmoyishga ko'ra, bosh vazirning birinchi o'rinbosari sifatida yana Yoqub Abdulla o'g'li Ayyubov, bosh vazir o'rinbosarligiga Ali Javod o'g'li Ahmedov, Ali Shamil o'g'li Hasanov va Hajibala Ibrahim o'g'li Abutalibov tayinlangan.

Davlat xavfsizlik xizmati rahbari takror Madat Hasanfar o'g'li Quliyev bo'ldi, tashqi razvedka xizmatiga O'rxon Sadyor o'g'li Sultonov rahbar etib tayinlandi.

Prezident Ilhom Aliyev Navro'z Mamedovni esa, mamlakat bosh vaziri etib tayinladi.

U bu lavozimga qadar tashqi siyosiy masalalar bo'yicha prezident o’rinbosari bo'lib ishlab kelayotgan edi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: yangi hukumat , Ilhom Aliyev , Ozarbayjon

Aloqador xabarlar