O’zbekistonda ro'y bergan sel falokatida 5 kishi hayotdan ko'z yumdi

Tabiiy ofat oqibatida 200ga yaqin xonadonga, avtomobil yo'llari va ko'priklarga ziyon yetgan.

O’zbekistonda ro'y bergan sel falokatida 5 kishi hayotdan ko'z yumdi

O’zbekistonda kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel falokati ro’y berdi.

Falokat oqibatida 5 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda O’zbekiston FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat janubida kuchli yomg'ir natijasida sel oqimi yuzaga kelgan. Tabiiy ofat natijasida Qashqadaryo viloyatiga qarashli Chiroqchi tumani “Mirzato'q” qishlog'ida 5 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Qutqaruv mutahassislari tabiiy ofatdan zarar ko’rgan hududlarda qutqarish ishlarini olib borishmoqda.

13-14-15 may kunlari yoqqan to’xtovsiz yomg'ir oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Chiroqchi, Yakkabog' va Dehqonobod tumanlarida ham bir necha bor sel toshqinlari kuzatildi.

Tabiiy ofat oqibatida 200ga yaqin xonadonga, avtomobil yo'llari va ko'priklarga ziyon yetgan.


Tanlangan kalimalar: sel falokati , sel , O'zbekiston

Aloqador xabarlar