• Video galereya

Qirg'iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov qo'lga olindi

Sud qaroriga ko'ra, Sapar Isoqov Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi tergov izolyatorida tergov muddati oxiriga qadar ushlab turiladi.

Qirg'iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov qo'lga olindi

Qirg'iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov korrupsiya bo'yicha jinoiy ishni surishtiruvdan o'tkazish doirasida qo'lga olindi.

Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi prokurori Isoqovning qo’lga olinishi talabi bilan sudga murojaat qildi.

Prokurorning talabini inobatga olgan Bishkekning Pervomaysk tuman sudi Isoqovning 2 oy muddatga Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi qamoqxonasida nazorat ostida ushlab turilishi to’g’risida qaror berdi.

Sud qaroriga ko'ra, Sapar Isoqov Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi tergov izolyatorida tergov muddati oxiriga qadar ushlab turiladi.

Qattiq nazorat ostida sud zalidan chiqarilgan Isoqov bino oldida kutib turgan jurnalistlarga sud qarorini adolatsizlik deb baholadi.

Isaqov sobiq prezident Almazbek Atabayev hukumati davrida tashqi aloqalardan mas’ul apparati rahbari o'rinbosari lavozimini egallagan vaqtda, Bishkek IESni modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirishda o'zining siyosiy mavqeidan foydalanib, xorijiy kompaniya manfaatlarini qo'llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: korrupsiya , qamoq , sud , Sapar Isoqov , Qirg'iziston

Aloqador xabarlar