• Video galereya

Xitoy bilan Qirg’iziston o’rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi

Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Pekinga rasmiy tashrifi doirasida Xitoy prezidenti Shi Jinping bilan uchrashdi.

Xitoy bilan Qirg’iziston o’rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi

Xitoy bilan Qirg’iziston o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu haqda Qirg’iziston prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Pekinga rasmiy tashrifi doirasida Xitoy prezidenti Shi Jinping bilan uchrashdi.

Tor va keng doiradagi uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etgan Sooronbay Jeenbekov va Shi Jinping ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni muhokama qildi.

“Qirg’iziston Xitoyni eng ishonchli hamkor, qo’shni va do’st mamlakat deb biladi. Davlatimiz ham Xitoy uchun do’st, ishonchli hamkorga aylandi va hamisha shunday bo’lib qoladi. Xitoyga tashrifim tashqi siyosatimizning o’zgarmasligini ko’rsatadi”,-dedi Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov.

Prezident sifatida birinchi bor Xitoyga tashrif buyurib turganidan bahtiyor ekanligini tilga olgan Jeenbekov, “Ikki davlat o’rtasidagi mavjud do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch zaminida o’zaro kelishuv yotadi. Xitoy Qirg’izistonga ehson, kredit va texnik yordam ko’rsatmoqda. Bu Qirg’izistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shadi”,-dedi.

Prezidentlar uchrashuvdan so’ng, Xitoy bilan Qirg’iziston o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Sooronbay Jeenbekov , Qirg'iziston , Xitoy

Aloqador xabarlar