• Video galereya

O'zbekistondan xabarlar 28-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

O'zbekistondan xabarlar 28-qism

 

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi hamda Qozog`iston xalqi va prezident Nursulton Nazarboevni ushbu tarixiy sana bilan samimiy tabrikladi.

Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev nutqida, Ostona shahri yangi, mustaqil va izchil rivojlanayotgan Qozog`istonning yorqin timsoli ekanligini aytar ekan, uning qiyofasida qozoq xalqining boy madaniyati va an`analari, zamonaviy arxitektura yutuqlari mujassam ekanligini ta'kidladi.

Ostona shahrining 20 yillik tadbirlarida Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashdi.

Tantanali marosimda o`zbekistonlik san`at ustalari tomonidan ham turli kuy-qo`shiqlar, raqslar ijro etildi.

Malumki, 1994 yil 6 iyulda Qozog`iston Oliy Kengashi mamlakat poytaxtini Olmaotadan Oqmolaga ko`chirish to`g`risida qaror qabul qilgan edi. 1997 yil 10 dekabrda Nursulton Nazarboevning farmoniga muvofiq Oqmola shahri Qozog`iston Respublikasining poytaxti deb rasman e`lon qilindi. 1998 yil 6 may kuni Oqmola shahrining nomi Ostona deb o`zgartirildi. 2008 yili qabul qilingan qonunga muvofiq “6 iyul  Qozog'istonda Poytaxt kuni” davlat bayrami etib belgilangan.

O'zbekistonda yangi Vatandosh, Golden visa va Silk road vizalari joriy qilinadi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko'ra, joriy yilning oktyabr oyiga qadar O`zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga turlicha vizalar taqdim etishni ko`zda tutuvchi takliflar tayyorlanadi.

Bunga ko'ra, “Buyuk Ipak yo`li” bo`yida joylashgan davlatlarning bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi Silk road viza rejimi, asli o`zbekistonlik vatandoshlar va ularning yaqin qarindoshlari uchun Vatandosh vizasi taqdim etilishi mumkin.

4 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga ko`ra, mamlakatga yirik miqdordagi sarmoya olib kirishni ko`zlayotgan sarmoyadorlarga Golden visani 10 yil muddatga berish taklifi ham ko`rib chiqilmoqda. Asli o`zbekistonlik va ularning qarindoshlari bo`lgan xorijiy shaxslarga esa 5 yil muddatga bir martalik “vatandosh” vizasi berilishi mumkin. 

 

Yaponiyada tahsil olish uchun 262 million yen grant ajratildi.

Yaponiya hukumati o`zbekistonlik davlat xizmatchilarning Yaponiya davlatida doktor va magistrlik bosqichida ta`lim olishi uchun 2,4 million dollar miqdorida grant ajratdi.

joriy yilning 5 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi Shuhrat Vafoev hamda Yaponiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito o`rtasida 262 million yen miqdorida grant ajratish to`g`risidagi notalar imzolandi.

Ushbu hamkorlik Yaponiya hukumatining texnik ko`mak berish loyihalari dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bunga asosan, O`zbekistondagi davlat xizmatchilari 2019 - 2020 yillarda Yaponiyada magistr va doktor darajasini egallash uchun qulay imkoniyatga ega bo`lishadi.

Mazkur “JDS” loyihasi O`zbekistonda 18 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bo`lsa, o`tgan davr mobaynida 311 nafar stipendiat Yaponiyada tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

        

O`zbekiston Turkmaniston bilan chegarani demarkatsiya qilish masalasini muhokama qildi.

O'tgan xaftada Turkmanistonda O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo`yicha O`zbekiston - Turkmaniston hukumatlararo qo`shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo`lib o`tdi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar davomida O`zbekiston - Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko`rib chiqildi.

Ishchi guruhlari uchrashuvlari yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

2017 yildan buyon O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ko`p yillik tanaffusdan so`ng davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo`yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining muzokaralari qayta boshlandi va hozirgi vaqtga qadar joylarda chegara o`tish chizig`ini aniqlash maqsadida 9 ta uchrashuv o`tkazildi.

         

 


Tanlangan kalimalar: Xabarlar , So'nggi , O'zbekiston

Aloqador xabarlar