O'zbekistondan xabarlar 40-qism

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 27 sentyabr kuni Dushanbe shahrida uchrashdi.

O'zbekistondan xabarlar 40-qism

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 27 sentyabr kuni Dushanbe shahrida uchrashdi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni Tojikistonga tashrifi bilan qutladi. Uchrashuvda Tojikiston prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi natijalari yuqori baholandi.

Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasidagi savdo - iqtisodiy, madaniy - gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog`iga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyevning tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o`rnatildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog`i va haykalni tantanali ochilishida ishtirok etdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo`ydi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida shuningdek Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida uzumzor bog` va mahsulotlar omborini ko`zdan kechirgan O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonlik dehqonlar Kamol ota Madumarov va Ne`mat hoji Usmonovga O`zbekistonda ishlab chiqarilgan Captiva rusumli avtomashinani sovg`a qildi.

         

Tojikistonning poytaxti Duşanbeda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Moldova, O'zbekiston, Belarus, Tojikiston davlat raxbarlari xamda Armaniston va Turkmaniston hukumat vakillari istirok etdi.

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlat rahbarlari tor doirada va kengaytirilgan muzokaralarda ishtirok etdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi sammitida ko`p tomonlama hujjatlar imzolandi. Bunga ko'ra, 2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo`ldi.

Majlis yakunida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to`g`risida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi konventsiyasi, 1941 - 1945 yillardagi Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash bo`yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019 - 2023 yillarga mo`ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha hamkorlikdagi sa'y - harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim, 2021 yilni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligida arxitektura va shaharsozlik yili deb e`lon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi.

         

O'tgan xaftada O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Kuba Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Ana Teresita Gonsalez Fragani qabul qildi.

Bu xaqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning holati muhokama qilindi. O`zaro qiziqish kasb etgan turli sohalarda O`zbekiston - Kuba muloqotini chuqurlashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Tomonlar o'zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm va madaniy - gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi.

Tomonlar shuningek geografik uzoqlikka qaramasdan O`zbekiston va Kuba o'rtasida ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanligiga urg'u berib, bu imkoniyatlarni qo`llagan holda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligi ta`kidladilar.

Uchrashuvda o`zaro manfaatli asosalarda turizm, madaniy - gumanitar almashinuvlarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kunning o`zida ikki davlat o'rtasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo`lib o`tdi.

         

Tojikistonning So`g`d viloyatida tog`li hududlarda shartli terroristlarni yo`q qilish bo`yicha O'zbekiston - Tojikiston qo'sma harbiy mashg`ulotlari bo'lib o'tdi.

Bu xaqda O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O'tgan xaftada tog`li hududlarda shartli terroristik guruhlarni yo`q qilish bo`yicha O`zbekiston va Tojikiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining qo`shma mashg`ulotlari yakuniga etdi.

So`g`d viloyatida bo`lib o`tgan mashg`ulotlar jarayonida ikki davlat harbiy xizmatchilari uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida mahalliy aholini asirga olgan shartli terroristlar guruhini aniqladi.

Jangarilarning harbiy ta`minot tuzilmalari aviatsiya va artilleriya yordamida vayron etilgach, ikki davlat harbiy xizmatchilari terroristlarni yo`q qilish va asirlarni ozod qilish bo`yicha operatsiya o`tkazdi.

İkki davlat harbiy xizmatchilari o'rtasida birinchi marta bo'lib o'tgan mashg`ulotlar yakuniga yetgach, O`zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Tojikiston harbiy xizmatchilarini "Harbiy hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun" ko`krak nishoni bilan taqdirladi. O`zbekiston harbiy xizmatchilari ham Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag`batlantirildi.

         

 



Aloqador xabarlar