O'zbekistondan xabarlar 41-qism

O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari 1 millyard dollarlik mablag'ga ega to`g`ridan - to`g`ri investitsiyalar fondini tuzish to`g`risidagi bitimni imzoladi.

O'zbekistondan xabarlar  41-qism

 

O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari 1 millyard dollarlik mablag'ga ega to`g`ridan - to`g`ri investitsiyalar fondini tuzish to`g`risidagi bitimni imzoladi.

O'tgan xaftada Birlashgan Arab Amirliklari Savdo - sanoat palatasi raisi o`rinbosari İbrohim al - Mahmud boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Bu haqda O`zbekiston Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif doirasida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida Biznes forum bo'lib o'tdi.

Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston - Birlashgan Arab Amirliklari biznes forumi doirasida ikki mamlakat o`rtasida 1 millyard dollarlik  to`g`ridan - to`g`ri mablag'ga ega investitsiyalar fondini tuzish to`g`risidagi bitim imzolandi.

Biznes forum yakunlari bo`yicha tijoriy va turar - joy qurilishi, qayta tiklanuvchi energetika hamda investitsion hamkorlik sohalarida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Abu-Dabi Taraqqiyot fondi Samarqand shahrida savdo markazi va xalqaro mehmonxona qurish, O`zbekiston va Abu-Dabi SSPlari o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik to`g`risida kelishib olindi.

Shuningdek, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Masdar firmasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurilishi sohalarida hamkorlik to`g`risida kelishuvga erishdi.

Ma'lumki, bugungi kunda O`zbekistonda Birlashgan Arab Amirliklari kapitali ishtirokidagi 100 ga yaqin firma to`qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, meva-sabzavot mahsulotlari konservalari, yuvish vositalarini ishlab chiqarish, poligrafiya sanoati, ulgurji savdo va boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda       

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Nyu - Dehli shaxrida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o`tkazdi.

Muloqot chog`ida O`zbekiston bilan Hindiston o`rtasidagi  munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo - iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar nixoyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qo`shma bayonoti qabul qilindi.

Tashrif doirasida ilmiy - texnik hamkorlik, qishloq xo`jaligi, turizm, harbiy ta`lim, adliya, sog`liqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika,  kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati,  Samarqand va Agra shaharlari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish, erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish to`g`risida xam kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida shuningdek Hindiston prezidenti, vitse-prezidenti, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o`tkazdi.       

Turkiya kompaniyasi Surxondaryo viloyatida shamol elektr stantsiyasini quradi.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Turkiyaning ETKA Co Enerji kompaniyasi shamol elektr stantsiyasini quradi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati xokimligi xabar qildi.

Mazkur loyiha Surxondaryo viloyatini 2019 - 2030 yillarda rivojlantirish Kontseptsiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Ayni paytda texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

600 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`ladigan mazkur yirik loyiha uchun 1 millyard dollar miqdorida to`g`ridan - to`g`ri sarmoya kiritiladi.

O'zbekistondagi eng yirik shamol elektr stantsiyasi bo'lishi kutilayotgan mazkur loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlari elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlanadi.

O`zbekistonda Frantsiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Frantsiya fuqarolari uchun bir oy muddatga O`zbekistonga kirishda vizasiz rejim joriy etildi.

Farmon 5 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi. Bu xaqda O'zbekiston Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur qaror madaniy, ilmiy, ta`limiy almashuvlarga xizmat qiluvchi, sarmoyaviy muhitni yaxshilab, mamlakatlar sayyohlik salohiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi O`zbekiston va Frantsiya o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadlarida qabul qilindi.

Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2016 yilda Frantsiyadan O`zbekistonga 4889 nafar, 2017 yilda 5748 nafar, 2018 yilning birinchi sakkiz oyida esa 9172 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

         

 


Tanlangan kalimalar: Aloqalar , Hindiston , O'zbekiston

Aloqador xabarlar