O’zbekiston va Tojikiston chegarasi 20 yil oldingi minalardan tozalana boshladi

O’zbekiston va Tojikiston, chegaralariga 20 yil oldin joylashtirib qo’yilgan minalarni tozalay boshladi.

O’zbekiston va Tojikiston chegarasi 20 yil oldingi minalardan tozalana boshladi

O’zbekiston va Tojikiston, chegaralariga 20 yil oldin joylashtirib qo’yilgan minalarni tozalay boshladi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi chegara qo'shinlari matbuot markazi boshlig'i Muhammad Ulug'xo'jayev shu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida O’zbekistonning Tojikiston bilan bo’lgan chegarasidagi minalarni tozalay boshlaganligini qayd etdi.

Muhammad Ulug'xo'jayev qo'shma ishchi guruhining mina tozalash faoliyatlarini O’zbekiston-Tojikiston chegarasining Panjikent va Samarqand shaharlari yo’nalishida  boshlaganligini ifoda etdi.

Hududni minalardan tozalash ishlarining ahamiyatini ta’kidlagan Ulug'xo'jayev, bu faoliyatlarni 2019-yilning oxirigacha tamomlashni rejalashtirayotganliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Aytib o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon shu yilning mart oyida, chegaradagi minalarning tozalanishini ko’zda tutgan shartnomaga qo’l qo’ygan edi.  

O’zbekiston va Tojikiston chegarasidagi minalarning tozalanishi uchun ikkala mamlakat hukumatining qo’shma guruhi shu yilning aprel oyida tashkil etilgan edi. Shuningdek chegarasidagi 9.5 kvadrat kilometrlik maydonga mina joylashtirilganligi tahmin qilinmoqda.

O’zbekiston 1992-1997 yillari Tojikistondagi ichki urush ortidan noqonuniy qurolli guruhlar va giyohvand modda savdogarlarining mamlakat hududiga kirishiga to'sqinlik qilish maqsadida 1990-yillarning oxirida Tojikiston bilan bo’lga chegarasining nazorat qilinishi murakkab bo’lgan mintaqalariga mina joylashtirgan edi.

 



Aloqador xabarlar