O'zbekistondan xabarlar 43-qism

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning18 -19 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan O`zbekistonda bo'ldi.

O'zbekistondan xabarlar 43-qism

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 - 19 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan O`zbekistonda bo'ldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuni bo`lib o`tdi. Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralarda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi savdo - iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport - kommunikatsiya, energetika, qishloq xo`jaligi, madaniy - gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida imzolangan 2019 - 2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019 - 2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, "Suffa" xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo`yicha yo`l xaritasi, O`zbekistonda Rossiyaning etakchi oliy ta`lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta`minlash to`g`risidagi bitim, To`qimachilik sanoatida hamkorlik to`g`risidagi bitim o`zaro almashildi.

"Mustaqillikning 25 yilligi" konini qo`shimcha razvedka qilish va jihozlash hamda Surxondaryo viloyatida gaz - kimyo majmuasini qurish bo`yicha "O`zbekiston mustaqilligi" investitsiya blokiga doir qo`shimcha bitim, O`zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi shartnoma, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O`zbekistondagi filialini tashkil etish to`g`risida bitim, Fanlararo ilmiy ta`lim markazini tashkil etish to`g`risida bitim, O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari rektorlari kengashi va "Rossiya rektorlar kengashi" jamoat tashkiloti o`rtasida bitim, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo`shinlari Federal xizmati o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi.

Tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Prezidentlar shuningdek "O`zekspomarkaz"dagi "O`zbekiston - Rossiya" birinchi hududlararo hamkorlik forumiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ramziy tugmani bosib, mamlakatdagi birinchi atom elektr stantsiyasi qurilishi loyihasining boshlanishiga start berdi.

  

O`zbekiston va Qirg`iziston chegara masalasi bo`yicha muzokara o`tkazdi.

Shu yilning 15 - 21 oktyabr kunlari Namangan shahrida O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo`yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo`lib o`tdi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog`ida ikki davlat manfaatlari hisobga olingan holda Farg`ona viloyati hududidagi Shohimardon uchastkasining Qirg`iziston Respublikasining Botken viloyati bilan tutashgan qismi hamda Namangan viloyati Qandiyon - Buloq uchastkasining Qirg`izistonning Jalolobod viloyati bilan tutashgan bir qismi xatlovdan o`tkazildi.

Tomonlar muzokaralar yakunida Bayonnoma imzoladi.

 

O`zbekiston, Rossiya va Qozog`iston prezidentlari Qozog`istonning Sariag`ach shaxrida uchrashuvdi.

O`zbekiston, Rossiya va Qozog`iston prezidentlari shanba kuni Qozog`istonning Turkiston viloyati Sariag`ach shahrida norasmiy uchrashuv o`tkazdi.

Bu xaqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya davlat raxbari Vladimir Putin Rossiya prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi yakunlahgandan so'ng Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev bilan uchrashish uchun qo`shni mamlakatga etib bordi.

Davlat rahbarlari uchrashuv jarayonida davlatlar o`rtasidagi hamkorlik, jumladan savdo - iqtisodiy, madaniy - gumanitar sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, O`zbekiston, Qozog`iston va Rossiyaning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o`zaro aloqalari, shuningdek kun tartibidagi ustuvor mintaqaviy va xalqaro masalalar ko`rib chiqildi.

      

Termizda Afg`onistonning bosh konsulxonasi ochildi.

O'tgan xaftada Termiz shaxrida Afg`onistonning bosh konsulxonasi o'z faoliyatini boshladi.

16 oktyabr kuni O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili İsmatulla Ergashev Termizda mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg`oniston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Nasir Ahmad Andisha bilan uchrashdi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbatda oliy darajadagi O`zbekiston - Afg`oniston uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni ro`yobga chiqarishning amaliy jihatlari hamda ikki tomon kun tartibining joriy masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy muammolar bo`yicha fikr almashildi.

Nasir Ahmad Andisha Afg`oniston rahbariyati nomidan mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi yo`lida ko`rsatilayotgan ko`mak hamda Termiz shahridagi Afg`oniston Bosh konsulxonasini tashkil etish bilan bog`liq masalalar tezkor hal qilib berilgani uchun O`zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Shu kunning o`zida O`zbekiston va Afg`oniston delegatsiyalari viloyat markazida Afg`oniston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

        

 



Aloqador xabarlar