O'zbekistondan Xabarlar 45- qism

O'zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili İsmatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya o'tgan xaftada amaliy tashrif bilan Eronda bo`ldi.

O'zbekistondan Xabarlar  45- qism

 

O'zbekiston delegatsiyasi Eron temir yo'llari tashkiloti rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.

O'zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili İsmatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya o'tgan xaftada amaliy tashrif bilan Eronda bo`ldi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif chog`ida delegatsiya Afg`oniston bilan chegaradosh hududlarda amalga oshirilayotgan transport - kommunikatsiya loyihalari, avvalo "Xaf - Hirot" yangi temir yo'l tarmog'i infrastrukturasi hamda Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida shuningdek, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Eron temir yo`llari tashkiloti rahbariyatlari bilan ham uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi.

Uchrashuvlarda, Afg'on muammosi echimiga ko`maklashish, Afg`onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash yo`llari hamda ushbu mamlakatda infrastruktura loyihalarini amalga oshirish bo`yicha hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.   

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kamilov va Alimov suhbat chog'ida Shanxay hamkorlik tashkiloti kun tartibidagi muhim masalalar, O'zbekistonning tashkilot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal qilishdagi amaliy ishtiroki masalalarini muhokama qildi.

Kamilov, uch yillik muddatdan so‘ng 31-dekabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimini tark etayotgan Rashid Alimovga birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirar ekan, tashkilot Kotibiyati rahbarligidagi samarali faoliyatini qayd etdi.

O'z navbatida Rashid Alimov Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston rahbariyatiga bosh kotib lavozimida ishlayotgan davrdagi qo'llab-quvvatlovi uchun tashakkur izhor etdi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan O'zbekistonning muhim tashabbuslari ahamiyati va dolzarbligini alohida ta'kidladi.

Alimov, O'zbekistonga tashrifi doirasida shuningdek, Toshkentda bo'lib o'tgan "Terrorizm bilan kurash - chegarasiz hamkorlik" mavzusidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqalararo Aksilterror Tuzilması 6 - xalqaro konferensiyasida xam ishtirok etdi.        

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi.

O'tgan xaftada O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo'g'iliston bilan aloqalar bo'yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi deputatlar guruhini qabul qildi.

Suhbat chog'ida 1 - noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan `O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi` parlament hamkorlik qo'mitasining navbatdagi majlisi yakunlariga ijobiy baho berildi.

Uchrashuvda, ushbu tadbir ochiq, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o'tganligi, Oliy Majlis hamda Yevroparlament deputatlariga hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratganganligi ta'kidlandi.

O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi qonunchilari o'rtasidagi muntazam va samarali aloqalar, amaliy tajriba almashinuvlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim qismi hisoblanishi qayd etildi.

Uchrashuvda shuningdek, qo'shma kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.

Muzokaralarda Yevropa İttifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays xam ishtirok etdi.    

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya o'tgan xaftada rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo'ldi.

Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Pokiston Bosh vaziri Imron Xon tomonidan qabul qilindi.

O'zbekiston delegatsiyasi shuningdek, İslomobod shahrida Pokiston Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qureyshi, Qurolli kuchlari quruqlik qo'shinlari qo'mondoni general Qamar Javed Bajva, Qurolli kuchlari shtablar boshliqlarining Birlashgan qo'mitasi raisi general Zubayr Mahmud Hayot bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Muzokaralar chog'ida ikki tomon kun tartibining muhim masalalari, siyosiy, savdo - iqtisodiy, investitsiya, transport - kommunikatsiya, madaniy - gumanitar va boshqa sohalardagi O'zbekiston - Pokiston alaqolarini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qildi.

Tashrif doirasida mintaqaviy masalalar, jumladan Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Afg'on inqirozini siyosiy bartaraf etish jarayonini boshlash uchun xalqaro sa'y - harakatlarni muvofiqlashtirishning muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.

         

 



Aloqador xabarlar