O'zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon...

Mazkur farmonga binoan, mamlakatda shu yilning 1-fevralidan e’tiboran 45 davlat fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.

O'zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon...

O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzolandi.

"O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Mazkur farmonga binoan, mamlakatda shu yilning 1-fevralidan e’tiboran 45 davlat fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.

Shu bilan birga, 76 davlat fuqarolari uchun viza rejimi soddalashtiriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 fevralidan elektron kirish vizasi oluvchi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish, 15 martdan esa 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari (ikki martalik, konsullik yigʻimi 35 AQSh dollari miqdorida; Koʻp martalik, konsullik yigʻimi 50 AQSh dollari miqdorida) tizimini joriy qilish, shuningdek alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasini yo‘lga qo‘yishga oid takliflari qabul qilindi.

106 mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda turar-joy sotib olish huquqi taqdim etiladi. Buning uchun ushbu davlatlar fuqarolari O‘zbekiston hududlaridan muayyan summadagi ko‘chmas mulk inshootlarini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi berilishi uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida – 200000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi beriladi.

O‘zbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxshilash hamda mahalliy aeroportlardagi parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruhi tuziladi.

Uch oy ichida respublika transport tizimi yagona elektron portali yaratiladi, u blokcheyn texnologiyalari asosida reyslar (avtobus, avia- va temir yo‘l) qulayligini inobatga olgan holda chiptalar sotuvini amalga oshiradi.

Hujjat ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Prezident ma'muriyati rahbari Z.Nizomiddinov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov va Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovlar zimmasiga yuklanadi.

 



Aloqador xabarlar