Kudret O’zersay, oroldagi BMTining tinchlikparvar askarlariga to’xtaldi

Kudret O’zersay, oroldagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar askarlariga bundan buyon ehtiyoj yo’qligini qayd etdi.

Kudret O’zersay, oroldagi BMTining tinchlikparvar askarlariga to’xtaldi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Kudret O’zersay, oroldagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar askarlariga bundan buyon ehtiyoj yo’qligini qayd etdi.  

Kudret O’zersay, “Anadolu” axborot agentligiga shu haqida ma’lumot berar ekan Nyu-Yorkda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazganligini ma’lum qildi.  

Oroldagi BMTning tinchlikparvar askarlarining vazifasiga, vakolatligi va javobgarchiligiga o’zgartirishlar kiritilishi haqidagi masalaning oyning oxirida Birlashgan Millatlar Tashkilotining kun tartibiga olib chiqilajagini aytdi.

O’zersay,

“Tinchlikparvar askarlarning ko’rib chiqilishi kerakligini qo’llab-quvvatlaymiz” dedi.

Shuningdek, oroldagi askarlarga bundan buyon ehtiyoj yo’qligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar