Ibrahim Kalin:"Halabdagi vaziyat dunyoni uyaltiradi"

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalinning Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasi...

Ibrahim Kalin:"Halabdagi vaziyat dunyoni uyaltiradi"

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalinning Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasi.

Halabdagi vaziyat dunyoni uyaltiradi.

Turkiya va Rossiya o’rtasida tuzilgan Halabdagi sulh bitimi shartnomasi juda qaltis vaziyatda. Mazkur shartnoma Halabda qamal ostida yashagan va jangarilar uchun qulay ovga aylangan ayol va bolalarning so’ngi umididir.

Suriyaning 5 ming yillik shahri bo’lgan Halabning yo’q qilinishi va Asad rejimining qo’lida vahshiylarcha vayron qilinishi dunyoni chuqur larzaga solishi kerak ekan, aksincha bu insonlarning iztirobi aks etgan va internetda tarqatilgan turli dahshatli tasvirlar takror e’tiborga olinmasdan nazardan chetda qolmoqda.

Halabda sodir bo’layotgan qatliomlarga dunyoning befarq ekaniga guvoh bo’lgan Emina Sejerovich Kasli 9 yoshida Bosniya urushida tirik qolgan insonlardan biridir.

U o’z xotiralarini aytar ekan, o’sha paytda Bosniyadagi urushdan dunyo xabardor bo’lganda edi, bizni qutqarishga kelardi deb o’ylagan ekan.

Endi esa, butun dunyo Halabdagi qatliomni bilib turib, hech qanday chora ko’rmaganiga e’tibor qaratib, o’sha paytlarda juda sodda  ekanini aytadi.

Men bu satrlarni yozar ekanman, avtobuslar Halabga kirib chiqmoqda va bir tomondan hujumga uchramoqda yoki chorasiz o’z holiga tashlab qo’yilmoqda. Shunga aminmanki, Halab qatliomi xuddi, Yahudiy qatliomi, Srebrenitsa va Ruanda qatliomi kabi tarixda qora dog’ sifatida yodga olinadi.

 Bir yil oldin Turkiyaning Egey dengizi sohiliga o’ligi chiqib qolgan suriyalik bolakayning tasviri jahon hamjamiyatini harakatga tushirgan edi.

Ana o’shanda Yevropa va Amerikaning suriyalik qochqinlarning iztirobini tindirish uchun chora ko’rishiga doir umid paydo bo’lgandi.

Lekin, zamonaviy jamiyatlarda mehr-shafqatning umri qisqa bo’ladi afsuski, davlatlar ijroatga kelganda shafqatsizlashib qoladilar.

Shuni aytish joizki, insonlarning tortgan azobini aks ettirgan bironta rasm, video va dalil dunyoni to’g’ri ishni qilishga jalb qilish uchun yetarli emas.

Turkiya va Rossiya tomonidan tayyorlangan sulh bitimi bir necha hafta davom etgan muzokaralar natijasida amalga oshirildi. Maqsad rejim tomonidan bombardimon qilinayotgan Halab xalqini Turkiya chegarasiga yaqin masofadagi Idlib viloyatiga ko’chirib kelish edi. Xozirgacha 40000 atrofida tinch aholi ko’chirib kelindi, lekin yana minglab aholi qutqarilishni kutmoqda.

Qizil Xoch Xalqaro komiteti, Turkiya Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi, Turk Qizil yârim oy jamiyati, Insonparvarlik yordam fondi va boshqa nodavlat tashkilotlar Idlibga kelayotgan suriyaliklar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak va tibbiy mahsulot, dori-darmon yetkazish uchun kecha-yu kunduz mehnat qilmoqdalar.

Sulh bitimi shartnomasi esa, urush maydonidagi kuchlarning ta’sirida qaltis jarayon sifatida qolmoqda. Halabdagi g’alabasi bilan jasoratlangan Asad rejimi va Eron tomonidan qo’llab quvvatlangan jangari guruhlar hamda rejim tarafdorlari muxolif guruhlardan o’ch olish payiga tushishi mumkin.

Shu sababli, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Halabda qolgan insonlarni ham o’limdan saqlab qolish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o’tkazdi.

BMT esa, Halabdagi fojiani to’xtatishga ojizlik qilmoqda. Bundan buyon hech kim qarorlari bilan adolatsizlikni oldini ola olmagan va insonlarning iztirobini tindira olmagan BMTdan yaxshilik kutmayotir.

Insonlar ushbu xalqaro tashkilotdan kamida insoniy e’tibor ko’rishdan umidvor bo’ladi. Xatto, shu narsaning o’zi ham vahshiylarcha qatl qilinayotgan Halab xalqidan mahrum qilinmoqda.

Turkiyaning Suriyada xavfsiz hudud tashkil qilish uchun tilga olgan chaqiriqlariga e’tibor berilmadi. Obama hukumati voz kechilmas shartlarini himiyaviy qurollarning va boshqa aqlga keladigan har qanday urush vositasidan foydalanish evaziga unutib qo’ydi.

Endi esa, boshqalarini ayblash va motam tutish o’rniga kamida Asad rejimini qatliomni kamaytirish va Suriyalik muzoliflarga bergan va’dalarini bajarish uchun g’ayrat ko’rsatsa bo’lardi. Lekin, Suriyadagi ayol va bolalarni qutqarish uchun hech qanday g’ayrat ko’rsatmadi. Rejim va ittifoqdoshlarining vaqtdan yutishiga va urushning yo’nalishini o’z foydasi uchun o’zgartirishga yo’l qo’ydi.

AQShning PKKning Suriyadagi hamkori Demokratik Birlik partiyasi (PYD)ni qo’llab quvvatlash siyosati faqatgina bunday terror tashkilotining yana ham jasoratlanishiga va Turkiya bilan Amerikaning orasi buzilishiga sabab bo’ldi.

Ikki yil oldin 2014 yilning 18 noyabr kuni quyidagi satrlarni yozgan edim: “Suriyaning eng katta Halab viloyati Asad rejimining qo’liga o’tgani faqatgina zamon masalasidir. AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari DAISh makonlarini havodan portlatar ekan, Beshar Asad Halabga qarshi qonli hujumlarini davom ettirmoqda.

O’tgan ikki oy ichida Asad rejimi Halab viloyatiga nisbatan hujumlarni yanada kuchaytirdi. Viloyatni nazorat qilishni yana ham kengaytirdi. Suriyalik isyonchilarni shimolga haydadi.

Halabning taqdiri Suriya urushida yana bir qora dog’ga aylanmasdan oldin, o’sha territoriyada amalga oshiriladigan aniq tashabbuslarga ehtiyoj bor.

Agar, Halabning yo’q bo’lishiga ruhsat berilsa, bu Suriyada insoniyatning kelajagi uchun kutilgan har qanday umidning yo’qolishi demakdir…”

Bu umidni yo’qotganimizga ancha bo’lgan ko’rinadi.



Aloqador xabarlar