Mosulning terroristlardan qutqarilishi nafaqat Iroq balki, Turkiya uchun ham ahamiyatlidir

Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik turk askarlarining Iroqning Mosul shahrini DEASh terror tashkilotidan qutqargunga qadar Bashika lagerida bo’lishini takrorlar ekan ayni vaqtda buning ahamiyatini ham izoh etdi.

Mosulning terroristlardan qutqarilishi nafaqat Iroq balki, Turkiya uchun ham ahamiyatlidir

Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik turk askarlarining Iroqning Mosul shahrini DEASh terror tashkilotidan qutqargunga qadar Bashika lagerida bo’lishini takrorlagan holda;

“Mintaqa DEASh terror tashkilotidan qutqarilganidan keyin Turkiya bilan Iroq Bashika masalasini muhokama qiladi” dedi.

Fikri Ishik Turkiyaning Kirikkale viloyatida jurnalistlar savoliga javob berdi.

Iroqlik rasmiylarning, “Turk askarlari Bashikani tark etadi” degan so’zlari haqidagi savolga Fikri Ishik;

“Mosulning DEASh terror tashkilotidan qutqarilishi nafaqat Iroq balki Turkiya uchun ham katta ahmiyat kasb etadi. Shunday ekan turk askarlarining Bashikada bo’lishi judayam muhimdir. Bugungacha u yerda DEASh terror tashkilotiga a’zo 700 terrorist o’ldirildi” dedi.

Fikri Ishik, butun mintaqa terror tashkilotlaridan qutqarilganidan keyin ıroqlik rasmiylar bilan Bashika lageri masalasining takror muhokama qilinajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

O’tgan hafta yakunida rasmiy ziyorat bilan Iroqga borgan Bosh vazir Binali Yildirim ham turk askarlarining Bashikadagi vazifasini davom ettirajagini aytgan edi.



Aloqador xabarlar