Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi davr...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’luning Isroilga rasmiy ziyorat amalga oshirishi rejalanmoqda.

Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi davr...

Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi davr boshlanmoqda.

Isroil yaqinda Turkiyaning uchta shartini bajarishga muvaffaq bo’ldi.

Bu esa, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga olib keldi.

Isroil tomonidan embargo tadbiq etilgan va qamal qilingan G’azoga 2010 yilning 31 may kuni gumanitar yordam olib ketayotgan Moviy Marmara kemasi Isroilning hujumiga uchragan edi.

Moviy Marmara kemasiga sodir qilingan qurolli bosqinda ko’ngilli yordamsevarlardan 10 nafari halok bo’lgan edi.

Bu voqea Turkiya-Isroil munosabatlarining buzilishiga sabab bo’lgan edi.

6 yil davom etgan sovuqlikdan so’ng, Isroilning Turkiyadan uzr so’rashi, G’azo qamalini yumshatishi va kompensatsiya to’lashi bilan aloqalar yaxshilanib, o’zaro elchilar ta’yinlangan edi.

Ankara-Tel Aviv aloqalari asta-sekin izga tushib borar ekan, kelgusi oylarda ikki davlat o’rtasida maslahatlashuv jarayoni yo’lga qo’yiladi.

Buning ortidan esa, oliy darajali rasmiy ziyoratlar amalga oshiriladi.

Bu doirada, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’luning Isroilga rasmiy ziyorat amalga oshirishi rejalanmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, hozirda ikki davlat o’rtasida madaniyat, turizm, tijorat va sport sohalari bo’yicha hamkorlik davom etmoqda.

Ikki davlat o’rtasidagi tijorat hajmi 2.5 mlrddan 5 mlrd dollarga chiqdi.

Iqtisodiy sohada o’sish kuzatilganini aytgan tegishli vakillar, ikki davlat o’rtasidagi erkin tijorat shartnomasini yangilash va hajmini yanada oshirish kerakligini aytmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar