Kun tahlili 47- qism

IShID  mintaqada tarafdori bo’lmagan bir terror tashkiloti ekanini yillardir qat’iylik ifoda etib keldik. Faqat,  xususan G’arblik ommaviy axborot vakillaridan  do’stlarimiz bunga ishonmoqchi emas edi.

Kun tahlili 47- qism

 

IShID  mintaqada tarafdori bo’lmagan bir terror tashkiloti ekanini yillardir qat’iylik ifoda etib keldik. Faqat,  xususan G’arblik ommaviy axborot vakillaridan  do’stlarimiz bunga ishonmoqchi emas edi.  Hatto bunga ishmaganlarini  ochiq oydin aytarlar edMazkur hamkasblar  bilan do’stligimiz juda maxsus va eskilarga taqalmoqda. Ijtimoiy tarmoq vositasi yoki xalqaro bir sammitda duch kelib tanishgan kishilar emasdir do’stligimiz. Bizning do’stligimiz  hamisha urush frontlarida mustahkamlashgan  bir do’stlikdir. Yugoslaviyaning parchalanishidan so’ngra yuz bergan Yugoslaviyaning parchalanishidan keyin sodir bo’lgan ichki urushda boshlagan,

Ruanda, Afrika va Yaqin shardagi ko’plab urushda taqdirimiz sherik bo’lgan do’stlarimizdir. Ba’zan haftalar bo’yicha ayni makon yoki vayrona  binoda birgalikda yashab ayni tamomni bahamlashgan do’stlarimizdan bahs etmoqdaman. Yaralanganizda orqasida  soatlar va kunlar  tashigan do’stlarimiz  mazkur  haqiqatni   shubha bilan kutib oldilar.

IShID haqiqatini ko’rganlar esa buni faoliyat ko’rsatayotgan media organlarida nashr ettira olmadilar. IShID terror tashkiloti ayniqsa “ zirhli urushlari” juda  tanish edi. Ushbu tashkilotning og’ir qurollari va zirhli kuchlari  go’yo NATO ittifoqdoshi ba’zi o’lkalarning  taktikasi va metodiga o’xshardi. Ushbu savollarning javobini, o’tgan yil AQShda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylov bellashuvida topdik.

 Respublikachi prezident nomzodi Donald Tramp, keyinchal,ik o’chirib tashlagan tvitida, “ IShIDni Prezidet Obama tashkil etganini” yozdi.

Trampning bu e’tirofi tufayli G’arblik hamkasblarimiz bizni  jasoratlantirib, terror tashkilotining G’arb bilan bo’lgan munosabatlarini  so’roq qilishga boshladilar.

 AQShning yetakchiligidagi  koalitsiya kuchlari IShIDga qarshi yuritgan harbiy amaliyotlari borasida  kichik bir statistika beraylik.

Koalitsiya o’lkalari IShIDga qarshi  qilgan parvoz soni: 28181

Operatsiya kun soni 1185

Koalitsiya kuchlari  o’ldirgan IShID soni: 5000

IShIDga otilgan raketa va bomba soni: 102082

Ushbu raqamlar o’rtada o’ynalayotgan o’yinni  aniq ko’rsatib turibdi. Koalitsiya va AQSh bilan kurashda foydalangan askar soni davomli o’zgargani uchun bu borada ochiq bir raqamni  aytish mumkin emas. Faqat AQSh sherik bo’lgan terrorist tashkilot PYDning 100 ming atrofida qurolli  partizani mavjud bo’lganini aytsak, harbiy vaziyat  haqida yo’l ko’rsatadi.

O’tgan kunlarda, Ingliz davlat televideniyesi BBC, IShID bilan AQShning sherikligini o’rtaga tashlagan hujjatlar va tasvirlar tarqatdi. 

 Normal shartlarda ushbu voqea, G’arb olamida ustida jiddiy ravishda to’xtaladigan bir mavzu. Faqat hech kim  bunga e’tiroz etmadi. IShID hujumlariga yuzlab qurbon bergan Yevropa ittifoqi ham bunga e’tiborsiz qoldi.

Yuqorida yozganimiz harbiy operatsiya vaziyatiga qaraganda bularning bir foizi qadar harbiy bir harakat bilan Turkiya Respublikasi davlati  tashkilotga katta zarba urdi. Va ikki oy mobaynida faqatgina 300 nafar xodim bilan Turk qo’shini  IShIDga katta zarba urdi. Chegaralarini butunlay bir tashkilotdan tozaladi.

 

Ushbu amaliyotda  500 nafar Turk askari tomonidan  yo’q qilingan IShID  soni 7000 ming atrofida. Turk harbiylari IShIDga qarshi uyushtirgan  amaliyotlarda havo sohasi  jihatidan yordam olmaganini ham  eslatish  kerak.

Turk qo’shini faqatgina quruqlik harakati bilan IShIDga 2 oyda bu qadar og’ir zabar urar ekan, koalitsiya kuchlari 4 yilda  o’n minglab havo oqimi, yuz mingdan ortiq bomba va raketadan foydalanishi va sohada navbati bilan yuz minglab askar bilan terroristga qarshi  foydalanishiga qaramasdan hech bir muvaffaqiyat qo’lga kirita olmasligi  hayrat beruvchi emas mi.

AQSh ning bu terror tashkiloti bilan kurashi va aloqalari endi faqatgina  biz jurnalistlar tomonidan tadqiq qilishi kerak bir mavzu emas.

Turkiya, Rossiya, Angliya, Eron va Suriya, mushtarak bir murojaat bilan xalqaro sudga murojaat qilish majburiyati  bordir. Chunki dunyoni qonga bulagan, yuz minglab ma’sum tinch aholi, bola, ayol va keksaning o’limiga sabab bo’lgan bir terror tashkiloti bilan bir davlatning aloqasini o’raga tashlagandir.Haqiqatni izlab  so’roqqa tutib xalqaro huquqqa tortishi kerak.  Agar xalqaro huquqqa tortilmagan taqdirda xalqning,  tuzilgan dunyo tartibiga ishonchi yana bir bor yo’q bo’ladi.

Xalqaro terrorist bir tashkilot bo’lgan Fatullahchi terror tashkilot (FETO), o’tgan yillarda Turkiyani terror bilan ayblagan iftirolarga esa  dunyo hayron qolgan edi. Hatto Turk davlati Suriyalik ma’sum va qonuniy isyonchilarga  bergan gumanitar yordami” IShIDga yordam” deb ko’rsatildi  va  dunyo  ushbun iftiroga  ishongan edi.

Hatto G’arb olami, ushbu iftiroga   qat’iylik ko’rsatar ekan, Turk davlatining qonunlarini oyoq ostiga olib ochiq ravishda  jinoyat qilgan iftiro qilganlarga  o’z eshiklarini ortigacha ochgan edi. Ayrim G’arb o’lkalari, ana shu iftiro qilganlarga darhol diplomatik pasport berib Prezidentlik  miqyosida mehmon qilgan edi.

Turkiyaga qarshi ana shu iftiro ustida to’xtagan   G’arb olami, Ingliz  hamkasblarimiz tomonidan ifsho qilingan IShID- AQSh teatr o’yini borasida birgina  gap ham gapirmadilar. Demokratiya, inson huquqlari  global huquq nomidan  natijada bir  sharmandalikdir.

Holbuki g’arb olami, bu teatrni tomosha qilishning badali yuzlab jon bilan to’ladi. To’g’rini aytish va terrorist sherigiga, “ sen terrorisan” deyish  juda  qiyin mi?

Yo’q, ayrimlar bu teatr o’yining yakunlanishini istamaydi mi?

 


Tanlangan kalimalar: Aloqasi , BBC , AQSH , PYD , PKK , IShID , Turkiya

Aloqador xabarlar