Rajap Tayyip Erdo’g’an Afinada Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras bilan uchrashdi

Rajap Tayyip Erdo’g’an: “Tarixdagi xatolarni bir chetga surib kelajakka tomon qadam tashlashimiz kerak..."

Rajap Tayyip Erdo’g’an Afinada Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an poytaxt Afinada Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras bilan uchrashdi.

Bosh vazirlik qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Yunoniston munosabatlari muhokama qilindi.

Ikki davlat o’zaro kelishgan holda juda katta ishlarni amalga oshirishi mumkinligini aytgan Erdo’g’an: “Tarixdagi xatolarni bir chetga surib kelajakka tomon qadam tashlashimiz kerak. Munosabatlarimizni mustahkam poydevor asosida bunyod etishimiz kerak. Aslida xalqlarimizning bir-biriga o’xshash tomoni juda ko’p. Yetarki, ideologiyasi buzuqlarni bir chetga suraylik. Biz Turkiya sifatida hech qachon qo’shni davlatlarning hududiy yaxlitligiga ko’z olaytirmaymiz”,-dedi.

“Biz o’tmishda bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan davlatlarmiz. Yunonistonda ko’plab turklar yashaydi, Turkiyada ham yunonlar juda ko’p. Koshki, o’tmishdagi ba’zi xatolar tufayli rumlar Turkiyani tark etmasaydilar. Xatolar tarixda qoldi. Kelajakni mustahkam poydevorga insho etaylik. Buning uchun oldimizda hali juda ko’p ish bor. Agar haqiqatdan ham bir yoqadan bosh chiqarib, bitta fikrda kelishib olsak, bu to’siqlarni bartaraf eta olamiz”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

Erdo’g’an Yunoniston xalqiga turk xalqi nomidan samimiy salomlarini yetkazdi.

Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras ham Turkiya-Yevropa Ittifoqi o’rtasida 2016 yilning 18 mart kuni imzolangan immigratsiya shartnomasiga to’xtalib, “Turkiya bergan va’dasiga vafo qilgan holda va Egey dengizida noqonuniy ko’chishni oldini olgan holda immigratsiya shartnomasiga sodiqligini ko’rsatdi”,-dedi.

Chipras: “Turkiya prezidentining 65 yillik tanaffuzdan so’ng Yunonistonga ilk tashrifi kelajakka tomon jasur qadam tashlashimiz uchun katta fursat ekaniga ishonaman”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar