Kun tahlili 51- qism

Islom payg’ambari Makkaliklarning zulmiga  chida olmay o’ziga iymon keltirganlar bilan birgalikda Madinaga  qilgan hijratidan so’ngra bizoat o’zlari  tomonidan 623da uyushtirilgan.

Kun tahlili 51- qism

 

Davlat tushunchasi Aflotundan bugungacha xulosa qilib aytganda  shunday tarif qilingan:

“ Tuproq  yaxlitligiga  bog’liq ravishda siyosiy jihatdan tashkil topgan millat yoki millatlar jamiyatni tashkil etgan yuridik  shaxsga   davlat deyiladi. Siyosiy jihatdan tashkilotlanish, ma’lum asoslar va qoida doirasida  bo’ladi. Ushbu asoslar, vaqti bilan qonun va huquq nomi ostida yig’iladi.

G‘arb olami, qonunlarning  huquqqa aylanish masalasi milodi  1215  yilida imzolagan Magna Carta bitimi bilan boshlagan.

     Musulmon jamiyatlar esa Madina bitimi yoki boshqa bir  ifoda bilan Madina vasiqasiga tayandi.

Islom payg’ambari Makkaliklarning zulmiga  chida olmay o’ziga iymon keltirganlar bilan birgalikda Madinaga  qilgan hijratidan so’ngra bizoat o’zlari  tomonidan 623da uyushtirilgan.

Bitim, Hz. Muhammad va Musulmonlar, Yahudiylar va Paganlarni  o’z ichiga olgan  u kungacha hech  o’tkazilgan eng keng ko’lamli inson haqlari vasiqasi hisoblanadi.

Umuman ikki qibla ( Evs va Hazrej) o’rtasidagi to’qnashuvlarni

Yakunlashni   maqsad qilib olgan moddalar qamrashiga qaramasdan, asosiy fikr esa   bashariyat  shaxs va jamiyat sifatida haq va erkinliklar  kafolatga ostiga olingan. Alohida tarqoq holdagi qabilalar  Ummat ( Davlat) nomida birgina jamiyat sifatida  yig’ish  barchasining bir- biriga alohida mas’uliyatlar bo’lish  jihatidan bashariyat merosining ilk eng ko’lamli  erkinlik bildirishidir.

Madina bitimi, Ummat (davlat) shuurini, ijtimoiy birdamlik, siyosiy birlik, mushtarak mudofaa va konferativ bir tuzilishni tavsiya qilish jihatidan ham alohida diqqat sazovor bir tarixiy siyosiy huquq matinidir.

Sharq va g’arb jamiyatining  hayot kurashi, hokimiyatlari, diktatorliklar va zalim idoralarga qaramasdan butunlay odil, bir dunyo Utopiya urushidir aslida: Davlat qudratining rivojlanishi, millat shuurining keng tarqalishi bilan birgalikda adolat tushunchasi global  qadriyat holiga aylanadi.

“ Xalqaro huquq” tashkilotining tuzilishini  ta’min etdi. Har davrda deyarli barcha davlatlar, bog’liq  bo’lgan xalqaro huquq  asoslariga rioya qilish uchun va’da berganlar.

Birinchi va ikkinchi jahon urushining vayronkorligi, insonlarni global tashkilot va yangi bir huquq nizmi  nomi  atrofida  to’plashni majburiy qiladi.

Bashariyat, xalqaro  huquq va huquqni himoya qiladigan tashkilotning  yo’qligi tufayli har ikki urushda ham millionlab o’lik va yuz millionlarni  oshgan yarador mavjud edi. Va bu majburiyat 1945- yili 25- oktabrda AQShning San-Fransisko shahrida   Birlashgan millatlar tashkiloti nomida bir tashkilotning tuzilishiga sabab bo’ldi. Dunyo tinchligini, xavfsizligini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy bir hamkorlik tashkil etish uchun tashkil qilingan ushbu tashkilotga,

Har ikki urushga  sabab bo’lgan vayronkorlikka deyarli butun o’lkalar ishtirok etgan edi.

Birlashgan millatlar tashkiloti, Ayniqsa Sovuq urush davrida, insoniyatga jiddiy  va muhim hissalar qo’shdi. Faqat 1960lardan beri na shaxslar,  na davlatlar hatto va hatto  xalqaro huquqni himoya qilmas holga keldi.

Birinchi o’rinda Yalta bitimi va davomi bilan  birgalikda, II- Jahon urushidan so’ngra tashkil topgan tashkilotlar bugun insonlarga  hissa qo’shishdan ko’proq yuk bo’lmoqda. Ayniqsa kuchli davlatlar, ushbu tashkilotlar  vositasi bilan  kuchsiz yoki kichik davlatlarga qarshi bir kaltak vosilasi  sifatida foydalanmoqdalar.

Misol uchun, AQSh, Iroqda atom qurol bor deya bu o’lkani ishg’ol etdi.

Bir milliondan ziyod insoning  o’limiga zomin bo’di, o’n milliondan ziyod insonning  qochqin holatiga tushishiga sabab bo’ldi. Natijada Iroqda atom quroli mavjud bo’lmaganini o’zlari  e’tirof etdi. Faqat, bugungi  kunda buning bilan aloqali xalqaro tashkilot AQShni sud qilishga jasorat qila olmaydi.

So’nggi  chorak asrda AQSh Prezidentlarining barchasi Afg’oniston, Falastin, Suriya kabi o’lkalarda millionlab  odamning o’limiga sabab bo’lgan urushlarni boshlatdilar. Faqat hech bir AQShlik Prezident Xalqaro Adolat Devonida surishtirib  sudga  qilinmadi.  Ayni shaklda Isroil davlati  1960lardan beri BMTning hech bir qarorini tan olmadi.

Tashkil etilgan  kundan beri qo’shnilarining tuproqlarini davomli  urush yo’li bilan  ishg’ol etgan Isroil, Falastinning hanuz ham  so’nggi bir qarich tuprog’ini ishg’ol etmoqda.

Holbuki, xalqaro huquqda barcha  ushbu to’qnashuvlar bilan aloqali asos qoida qonun  aniqdir.

Qonunlar ravshandir  va xalqaro huquqda esa bir prinsip bordir. Urush yo’li bilan tuproq olinmas. Faqat, Isroil tashkil topgan kundan beri urush  yo’li bilan tuproq ishg’ol etmoqda. Misol  uchun Go’lan tepaliklari 1967da qurol  zo‘ravonlik bilan ishg’ol etdi. Xalqaro huquqqa ko’ra bu tuproqlar darhol qaytarib berilishi kerak. Afsuski  juda ko’p g’arblik o’lkadan olgan  noqonuniy va ayniqsa AQShning ochiq himoyasi tufayli 50 yildir ishg’ol etgan turoqlarni tark etmadi va  huquq yo’li bilan ham chiqish niyati yo’q.

Isroil bilan  to’qnashuv holida bo’lgan va tuproqlarini ishg’ol etgan Falastin  bilan ham xalqaro huquq asoslari doirasida muzokara qilish lozim.

Holbuki, Isroilni muzokaraga  o’tirtish o’rniga Falastin davlatini inkor etmoqda. Va bu inkorlarini BMT kursisida, xalqaro platformalarda tilga olmoqdalar . Lekin, Isroil, Turkiya Respublikasi davlati Prezidenti Janob Erdo’g’an ta’biri bilan “ davlat terrorini rasmiy siyosat holiga keltirishdan  hech qachon voz kechmaydi.

Bugungi kunda  Amerika qo’shma shtatlari va kuch markazlari, o’zlari tashkil etgan xalqaro huquq tartibini o’zlari vayron qilmoqdalar.

Yana  qo’rqinchli  tomoni esa Shu: Dunyoni inqirozga tomon olib borishda yana ko’proq manfaati bo’lgan kuch markazlari bu jihatda siyosat ishlab chiqargan sari, zulm, qaroqchi davlat siyosatini shior qilib olgan AQSh va Isroil kabi davlatlar ham “ Adolat” va  “ global huquq” deya hayqirganlarida,  qo’rqaman ki  ularning ovozini eshitib harakat qiladigan kuchda bir  muassis nizom qolmaydi. 1

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Al-Quds , Islom , G'arb

Aloqador xabarlar