• Video galereya

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 14 fevral kuni Belorusiyaga safar qiladi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilinadi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 14 fevral kuni Belorusiyaga safar qiladi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 14 fevral chorshanba kuni Belorusiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Bu haqda bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Binali Yildirim Belorusiya bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan o’zaro va kengaytirilgan doirada uchrashuv va muzokaralarni o’tkazadi.

So’ngra, Binali Yildirim Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, tashrif doirasida Binali Yildirim Respublika kengashi rahbari Mihail Myasnikovich va Deputatlar majlisi rahbari Vladimir Andreychenko bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Belorusiya-Turkiya munosabatlari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Ikki kunlik rasmiy tashrif doirasida Turkiya va Belorusiya o’rtasida ko’plab sohalar bo’yicha shartnomalar imzolanadi.

Binali Yildirim Belorusiya bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan Turkiya-Belorus biznes forumida ishtirok etadi.

Forumdan so’ng, Binali Yildirim Turkiyaning hissalari bilan qurilgan Minsk jome’-masjidini ziyorat qilishi va Turkiya milliy terma jamoasi va Belorusiya milliy terma jamoasi o’rtasida bo’lib o’tadigan hokkey bellashuvini tomosha qilishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar