Binali Yildirim Berlinda Angela Merkel bilan uchrashuv o’tkazadi

Bosh vazir Binali Yildirim Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan Germaniya poytaxti Berlinda uchrashuv o’tkazadi.

Binali Yildirim Berlinda Angela Merkel bilan uchrashuv o’tkazadi

Bosh vazir Binali Yildirim Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan 15-fevral kuni poytaxt Berlinda uchrashuv o’tkazadi.

Germaniya hukumati rasmiy vakili Steffen Seibert shu haqida yozma ravishda bergan bayonotida Yildirim va Merkelning mahalliy vaqt bilan soat 16:00da uchrashuv o’tkazib, ortidan uyushtiriladigan matbuot anjumanida jurnalistlar savoliga javob berajaklarini qayd etdi.

Berlindagi uchrashuv ortidan Xalqaro Myunxen Xavfsizlik Konferentsiyasida ishtirok etadigan Bosh vazir Yildirimning konferenstsiyada nutq so’zlashi kutilmoqda.

Shuningdek Bosh vazir Binali Yildirim va hamrohligidagi hay’atning konferentsiyada ishtirok etgan boshqa davlat vakillari bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazishi ham kutilmoqda.



Aloqador xabarlar