Shirnakda 3 askar PKK a’zolari tomonidan shahid qilindi

Turkiyaning Shirnak viloyatida 3 askar PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilindi.

Shirnakda 3 askar PKK a’zolari tomonidan shahid qilindi

Turkiyaning Shirnak viloyatida PKK terror tashkiloti Bestler-Dereler qishlog’idagi Kuyutepa mintaqasiga qarshi hujum uyushtirdi. Oqibatida 3 askar shahid bo’ldi. To’qnashuvda shahid bo’lganlardan tashqari yana 1 askar tan jarohati oldi.

Hozirda hujum uyushtirgan terroristlarni qo’lga tushirish uchun mintaqada amaliyot boshlatildi.

Aytib o’tish joizki Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda oxirgi bir hafta mobaynida yurt bo’ylab olib borilgan xavfsizlik amaliyotlarida 38 terrorist yo’q qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: PKK terror tashkiloti , shahid , Shirnak , Turkiya

Aloqador xabarlar