Turkiya tashqi siyosatiga nazar 17-qism

Dasturimizning bugungi sonida xalqaro huquq nuqtai nazaridan 1915 yil voqealariga nazar tashlaymiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 17-qism

                      

Oxirgi yillarda deyarli har aprel oyida 1-Jahon urushi paytida 1915 yilda turk hukmronligida ro’yobga chiqqan voqealar bilan bog’liq turli maqola va nashrlarga duch kelamiz. Dasturimizning bugungi sonida xalqaro huquq nuqtai nazaridan 1915 yil voqealariga nazar tashlaymiz.

Aytib o’tganimizdek, so’ngi yillarda nimagadur aprel oyida bir-biriga o’xshash hodisalar ro’y bermoqda. 1-Jahon urushi paytida turk hukmronligi davrida ro’y bergan hodisalar bilan bog’liq dunyo miqyosida turli davlatlar, shaxslar va tashkilotlar tomonidan bayonotlar, nashrlar va izohlar bildirilmoqda.

Arman bo’lgan yoki arman nazariyalarini qo’llab quvvatlagan shaxslarning aksariyati tarix yoki siyosat bilan shug’ullangan kishilardir. Bu kishilar ro’y bergan hodisalarni qatliom sifatida baholamoqda. Turk bo’lgan yoki turk nazariyalarini qo’llab quvvatlagan shaxslarning katta qismi mavzuni tarix jihatidan baholamoqda.

Yillar avval ro’y bergan hodisalarni to’g’ri talqin qilish uchun tarixiy nazariyaga ehtiyoj bor. Biroq, qatliom tushunchasi xalqaro huquq sohasiga kiradi. Shu sababli tarixshunoslarning yoki siyosatchilarning mavzu bilan bog’liq fikr yuritishi voqealarni analiz qilishda ba’zi kamchiliklarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Voqea haqida mulohaza bildirgan mutahassislarning shaxsiy ko’z-qarashiga ko’ra, turli darajada o’lim bilan natijalangan voqealar qatliom sifatida baholanishi mumkin. Xolbuki, qatliom xalqaro jinoyat sifatida faqatgina huquqshunoslar tomonidan talqin qilinishi kerak.

Qatliomga taalluqli birinchi muhim qaror 260-sonli BMT umumiy kengashi qarori doirasida 1948 yilda qatliom jinoyatini oldini olish va jazolantirish shartnomasining qabul qilinishi bilan yuzaga keldi.

Davrning turk hukumatida esa, shartnomaning 2-moddasida talab qilingan “ommaviy qirg’inga qasd qilinganligiga” doir ifoda mavjud emas. Yo’q qilish niyatini isbotlaydigan yozma va og’zaki hujjatlar bo’lmaganidek, butun hujjatlar armanlarning himoya qilinishini va bemalol joylashib yashashlarini nazarda tutadi.

Halok bo’lgan armanlar soni qatliomning haqiqatdan ham sodir etilganligini isbotlashga yetmaydi. Halok bo’lgan armanlarning katta qismi ko’chirish va joylashtirish qonuniga amal qilish jarayonidan tashqari sabablar tufayli yuzaga kelgan. Aksincha, ayni sabablar bilan mintaqada nobud bo’lgan turklar soni ko’pchilikni tashkil qiladi.

Shartnomaga ko’ra, ko’chirish va joylashtirish qonuni orqasida turgan harbiy sabablar diqqatga olinganda, huquqiy jihatdan insoniyatga qarshi jinoyat kotegoriyasiga kirdi deyish to’g’ri emas. Chunki, ko’chirish va joylashtirish qonunini amalga oshirish jarayonida Rim statusining 7-moddasida talab qilingan shartlar bajarilmadi. Ya’ni, arman aholiga qarshi davlatning biron rejasi asosida ommaviy qirg’in sodir etilmadi. Ko’chirish va joylashtirish qonuni etnik qirg’indan farqli ravishda armanlarning zo’ravonlik bilan joyidan mahrum qilinishini ko’zda tutmadi.

Armanlarga qarshi diniy yoki boshqa sabablar bilan qatliom sodir etilmadi. Aksincha, ko’chirish va joylashtirish qonuni harbiy xavfsizlik maqsadida amalga oshirildi. Bundan tashqari, armanlarning ishg’olchi rus armiyasi bilan birlashib, Bolqon urushlaridagi kabi musulmon turklarga qarshi etnik qirg’in sodir qilinishini oldini olishni maqsad qildi.

Urush muhitida mintaqada yuzaga kelgan hukumat bo’shlig’idan ba’zi uyushgan jinoyatchi to’dalarning foydalanganligini yaxshi bilamiz. Mintaqadagi jinoyatchi to’dalar o’z maqsadlari bilan ko’chayotgan armanlarga hujum qildi, o’ldirdi va mol-mulklarini talon-taroj qildi. Uch tomondan jang qilgan Turk imperatorligi qo’l ostidagi cheklangan kuchlari bilan ba’zan armanlarning barchasini himoya qila olmadi.

O’xshash iqlim, geografiya, oziq-ovqat tanqisligi, dori-darmon yetishmovchiligi va turli kasalliklar tufayli ko’chishga majburlangan turklar o’rtasidagi o’limlar armanlardan ko’p bo’lishi ham ko’chirish va joylashtirish qonuni asosida yo’q qilish niyati yo’qligini ko’rsatadi. Qolaversa, davlatning ham bu voqealar oldida pushaymon bo’lganligi va jinoyatchi to’dalarga qarshi darg’azab ekanligi kuzatiladi.

Vaholanki, talon-taroj va boshqa jinoyatlarni sodir etganlar urush tugamasdanoq sudlandi va ko’pi o’lim jazosiga mahkum qilindi.

Bu mavzu kunimizda tarixiy va huquqiy voqea bo’libgina qolmay, siyosiy hodisaga aylantirildi. Xalqaro aloqalar maydonida Turkiyani raqib sifatida ko’rgan va Turkiyaning tashqi siyosatini o’zlariga nisbatan tahdid sifatida baholagan davlatlar bu masalani Turkiyaga qarshi qo’llashga harakat qilmoqdalar.

Xozirgi kunda ko’zda tutilishi zarur bo’lgan yana bir xusus armanlar ichidagi ekstremist guruhlar tomonidan yuritilgan ikki tomonlama urushdir. Ozarbayjonga qarshi qonli urush, Turkiyaga qarshi psihologik urush olib borilmoqda. Bu psihologik urush Ozarbayjon hududlarining beshdan bir qismini ishg’ol qilinganligini yashirishga xizmat qilmoqda.

Arman iddaolaridan ko’zda tutilgan yana bir maqsad shu: Dunyoning turli joylarida yashagan, oralarida mustahkam aloqa bo’lmagan va yashab kelayotgan xristian mamlakatlarda tezkor kamayib borayotgan arman jamiyatlar mavjud. Bu jamiyatlarning madaniy assimilyatsiya bo’lishini oldini olish uchun birlashtiruvchi aloqa ijod qilishga harakat qilindi. Buning uchun qatliom yolg’oni uydirildi.

Bu mavzu faqatgina 1915 yildagi ko’chirish va joylashtirish qonuni doirasida muhokama qilinmasligi kerak. Yana ham kengroq doirada taxlil qilinishi kerak. 1820-1920 yillar orasida Bolqonlarda va Kafkazlarda turklarga nisbatan sodir etilgan qatliomlarda 4 mln turk yo’q qilindi. Bu vahshat jahon hamjamiyatiga yetkazilishi zarur. Qolaversa, 1820-1920 yillar o’rtasida 5 mln turk hujumlar oqibatida o’z yurtlaridan ko’chishga majbur bo’ldi. Bu mavzular yana ham kengroq muhokama qilinishi, tahlil qilinishi va jahon kun tartibiga olib chiqilishi zarur.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: Armaniston , Ozarbayjon , qatliom , Arman , Turkiya

Aloqador xabarlar