Turkiya tashqi siyosatiga nazar 19-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya va Yunoniston o’rtasidagi vaziyat va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 19-qism

                      

Turkiya va Yunoniston o’rtasidagi Egey dengizi bilan bog’liq taranglik oxirgi damlarda o’zgacha tus oldi. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya va Yunoniston o’rtasidagi vaziyat va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

Yunonistonning Fathulloh Gulen harakati a’zolarini Turkiyaga ekstraditsiya qilmayotganligi va qidiruvda bo’lgan ushbu harakatga aloqador yuzlab shaxsga boshpana berganligi Turkiya va Yunoniston o’rtasidagi munosabatlarning taranglashishiga olib keldi.

Bu o’zgarishlar o’tgan yillarda Yunonistonning ASALA va PKK terror tashkilotlari uchun tashkil qilgan lagerlar hamda PKK yetakchisi Abdulloh Ojalanga yordam berganligi yoddan chiqmagan bir paytlarda yuz berdi. Bu jarayonda Yunoniston sudlari Turkiyadan Yunonistonga qochgan harbiylarni dastlab mamlakatga ekstraditsiya qilish qarori olib, so’ngra bu qarorga siyosiy sabablar tufayli amal qilmaganligi kuzatiladi. Bu jarayonda Germaniya tomonidan ilgari surilgan iddaolar ham matbuotda o’z aksini topmoqda.

Lekin, o’zaro munosabatlardagi taranglikning Egey mintaqasiga tarqalishi Yunoniston mudofaa vazirligi va tashqi ishlar vazirligining Turkiyaga qarshi gij-gijlovchi ifodalari bilan yanada avj olganligini aytish mumkin.

Aslida, Yunoniston hukumati Turkiyaga nisbatan ojiz bo’lgan harbiy kuchi bilan Turkiyaga tahdid sola olmasligini biladi. Bunga qaramay, ushbu munosabat Yunoniston ichki jamoatchiligiga qaratilgan diqqat jalb etuvchi hamlalar va Yevropa Ittifoqi ichidagi homiylarga nisbatan ishora sifatida mulohaza qilinishi mumkin. Zero, tahdid tushunchasini avj oldirgan holda va buni Yevropa Ittifoqi hududlariga nisbatan tahdid sifatida aks ettirish Yevropa Ittifoqi byudjetidan qo’shimcha mablag’ olish maqsadi borligini ko’rsatadi.

Yunoniston mudofaa vaziri Kammenos esa, bu umidvorlikka ega bo’lganlardan biridir. Lekin, bu keskinlik haqiqatdan ham Yunonistonning manfaatlariga to’g’ri kelmaydi. Shubhasiz, Yunoniston jamoatchiligida o’ziga bildirilgan e’tirozlar Turkiya uchun Yunonistonda hamon mo’tadil hamkor topilishi mumkinligining ifodasidir.

Yodingizda bo’lsa kerak, o’tgan haftalarda Egey dengizida harbiy tadbiqot o’tkazgan yunon askarlarga hitob qilgan mudofaa vaziri Kammenos, Turkiyani “junbushga keltiruvchi dushman” deb ta’riflagan. Qolaversa, Yunoniston Egeydagi yunon orollariga qo’shimcha 3500 askar joylashtirganligini, Turkiya bilan Merich daryosiga tutashgan quruqlik chegarasiga ham kelgusi kunlarda yana 3500 askar joylashtirishini ma’lum qilgandi.

Kammenosning Egeydagi vaziyatni yanada avj oldirgan bu so’zlari nafaqat turk matbuotida, balki yunoniston matbuotida ham keng o’rin olgan edi. Xatto, Yunoniston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras Kammenosni huzuriga chaqirib, ogohlantirgan edi.

Yunoniston va Janubiy Kipr Rum qismi Sharqiy O’rta yer dengizida tabiiy gaz zahiralarini qidirish tashabbusiga Turkiyaning Egey dengizida amalga oshirgan harbiy tadbiqotlar bilan javob berishi va bunga javoban Afinaning harbiy mashg’ulotga tayyorgarlikka kirishganligi turk hukumati tomonidan provokatsiya sifatida baholanmoqda.

Egeyda Turkiyaga tegishli orollarning Yunoniston tomonidan xalqqa turar-joy sifatida ochilishi va bu shaklda ishg’ol qilish jarayoni Kammenosga jasorat bergan bo’lishi mumkin. Aslida, Kammenos Turkiyada ishg’ol qilingan turk orollari xususida darg’azab bo’lganlarning borligini e’tiborga olishi va gij-gijlovchi hamlalardan voz kechishi kerak. Agar, vaziyat shunday davom etsa, Yunonistonda takror siyosiy barqarorsizlik jarayoni boshlanishi mumkin.

Xullas, tomonlar o’rtasidagi kelishmovchilikni hal qilish uchun javob kutib turgan bir qancha savol mavjud. Bir tomondan Yunoniston tomoni qurolsiz bo’lishi kerak bo’lgan orollarni qurollantirmoqda. Albatta, bu jarayonda bir qancha savol tug’iladi. Bulardan biri Egey dengizidagi chegara maydoni masalasi. Bu masala ikki tomonning komitetlari ishtirokida yillar mobaynida muhokama qilinsa ham tomonlar biron kelishuvga kela olmadilar. Yunonistonning faoliyatlari kelishmovchilikning davom etishiga sabab bo’lgan omilga aylanmoqda. Oxirgi paytlarda chegarani bosib o’tgan turk va yunon fuqarolarining qo’lga olinish holatlari ham vaziyatni yanada chigallashtirgan xususlardan biridir.

Egey dengizidagi kelishmovchilikni bartaraf etishning birgina yo’li o’zaro ishonchni qayta tiklash bilan amalga oshadi. Agar, Yunoniston bu keskinlikka yakun yasashni xohlasa, avvalo Turkiyadagi to’ntaruv tashabbusidan keyin Yunonistonga qochgan harbiylarni mamlakatga ekstraditsiya qilishi va boshqa Turkiya fuqarolarini mamlakatga qaytarishi, Kipr jarayonida Rum qismining turk hukmronligi maydoniga kiruvchi maydonlardan tabiiy gaz qidirishini to’xtatishi va Yunoniston qurolli kuchlarining Egey dengizida keskinlikni avj oldiruvchi faoliyatlariga yakun yasashini ta’minlashi zarur.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: munosabatlar , Egey dengizi , Yunoniston , Turkiya

Aloqador xabarlar