Chavusho’g’li kasbdoshlari bilan Quddus masalasi haqida fikr almashmoqda

Mevlut Chavusho’g’li kasbdoshlari bilan Quddus masalasi haqida fikr almashar ekan shu doirada hozircha Bahrayn, Nigeriya, Shvetsiya, Janubiy Afrika, Uganda Tashqi ishlar vazirlari iblan telefon orqali muloqat qildi.

Chavusho’g’li kasbdoshlari bilan Quddus masalasi haqida fikr almashmoqda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining Tel Avivdagi elchixonasini Quddusga ko’chirishi va G’azodagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashish niyatida dunyoning turli mamlakatidagi kasboshlari bilan telefon orqali muloqat qilmoqda.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Mevlut Chavusho’g’li shu doirada oxirgi marotaba Bahrayn Tashqi ishlar vaziri Halid bin Ahmad bin Muhammad al-Halifa, Nigeriya Tashqi ishlar vaziri Geoffrey Onyeama, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Wallstrom, Janubiy Afrika Tashqi ishlar vaziri Lindiwe Sisulu va Uganda Tashqi ishlar vaziri Sam Kutesa bilan alohida-alohida muloqat qildi.

Aytib o’tish joizki Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump qabul qilgan qaror asosida AQShning Tel Avivdagi elchixonasi 14-may kuni rasmiy ravishda Quddusga ko’chirilar ekan bu vaziyat mintaqada katta nafratga yo’l ochgan edi.

Isroil askarlari tomonidan G’azo chegarasida, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining Quddusga ko’chirilishiga norozichilik ko’rsatish va Naqbaning (Buyuk falokat) 70-yilligini yodga olish maqsadida namoyish uyushtirgan falastinliklarga qarshi o’q uzilishi oqibatida 62 kishi jon berar ekan 3 188 kishi tan jarohati oldi.

Isroilning falastinliklarga qarshi uyushtirgan hujumiga qattiq norozichilik ko’rsatgan Turkiya, shahid bo’lgan falastinliklar uchun mamlakatda 3 kun motam e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: Quddus , AQSh , Mevlut Chavusho’g’li

Aloqador xabarlar