Mavlud Chavushog'li:"Isroilning qilmishlari javobsiz qolmasligi kerak"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li mustaqil Falastin davlati tan olinishi uchun g'ayrat qilishini ma'lum qildi.

Mavlud Chavushog'li:"Isroilning qilmishlari javobsiz qolmasligi kerak"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li mustaqil Falastin davlati tan olinishi uchun g'ayrat qilishini ma'lum qildi.

Mavlud Chavushog'li bu so'zlarni Koniyada Selchuk universiteti iqtisodiy va idoriy bilimlar fakulteti tomonidan uyushtirilgan tadbirda tilga oldi.

U "Tadbirkor va gumanitar jihatlari bilan turk tashqi siyosati" nomli konferensiyada so'zga chiqdi.

"Bugungacha mustaqil Falastin davlatini tan olmoqchi bo'lgan lekin, bunga qo'li bormagan davlatlarga nisbatan barcha musulmon jamoati birgalikda tashviq ishlarini olib boramiz. Bundan buyon mustaqil Falastin davlatining tan olinishi va BMTga a'zo bo'lishi uchun kecha-yu kunduz faoliyat olib boramiz va bu amalga oshgunicha to'xtamaymiz, charchamaymiz",-dedi Mavlud Chavushog'li konferensiyada so'zlagan ma'ruzasida.

Chavushog'li: "Sa'y-harakatlarimizning yagona g'oyasi bor. U ham bo'lsa Falastin muammosiga doimiy yechim topish. Isroilning qilmishlari ham javobsiz qolmasligi kerak. Isroil hisob berishi kerak va beradi ham. Buni shunday tashlab qo'ymaymiz",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: Isroil , Mavlud Chavushog’lu , Falastin , Turkiya

Aloqador xabarlar