Turkiya tashqi siyosatiga nazar 20-qism

Bugungi dasturimizda Turkiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi madaniy aloqalar...

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 20-qism

                    

Bugungi dasturimizda Turkiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi madaniy aloqalarga e’tibor qaratamiz.

Madaniy diplomatiya fikr, tushuncha, dunyo qarash, hayot tarzi, estetika, madaniy qadriyatlarni baham ko’rish natijasida o’zini to’g’ri ifoda etish yo’lidir. 2000-yillarning boshlaridan e’tiboran olib borilayotgan madaniy diplomatiya nafaqat Turkiyaning o’zgarishiga, balki dunyoda Turkiyaga bo’lgan ko’z-qarashning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatdi.

Qahraton urush davrida madaniy diplomatiya, to’qnashgan qutblarning bir-biriga qarshi qo’llagan qurolga aylandi. Bu qurol propaganda maqsadida qo’llanildi.

Qahraton urush davrida, yadroviy urush tahlikasi jabhaning ideologiyasi bilan birga madaniyat maydonida keng ochilishiga sabab bo’ldi. Sharqiy blokning tarqalishi bilan Sovet Ittifoqining tarqalishiga ham g’arbning faol madaniy siyosatining ta’siri borligini aytish mumkin.

Qahraton urushdan so’ng, diplomatiya ma’nosining kengayishiga tezkor rivojlangan globallashuvning ta’siri bor. Kunimizda diplomatiya deganda ko’pincha ko’ngil olish va fikrini olishga qaratilgan madaniy diplomatiya tushuniladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgach, Turkiya tashqi siyosatiga yangicha ruh bag’ishladi. Turkiyaning mushtarak til, tarix va madaniy rishtalariga ega bo’lgan ushbu mamlakatlar bilan aloqalari va hamkorligi ko’plab sohalarda mushtarak manfaat poydevori asosida tezkor rivojlandi. Turkiyaning mintaqaga qaratilgan umumiy siyosatini, Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka ega, o’zaro va qo’shni davlatlar bilan hamkorlikda, xalqaro hamjamiyat bilan chambarchas bog’liq va demokratik qadriyatlarini tan olgan davlatlar sifatida qo’llab quvvatlash shaklida xulosalash mumkin.

Turkiya bu siyosati bilan mintaqa davlatlarining eng muhim hamkoriga aylandi. Turkiyzabon davlatlar o’rtasida hamkorlikni oshirish maqsadida 1992 yildan buyon Turkiya boshchiligida olib borilayotgan “Turkiyzabon mamlakatlarning davlat rahbarlari sammiti”da eng muhim natijalardan biri 2009 yilda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston ishtirokida tashkil qilingan turk kengashi tashkiloti bo’ldi.

Turkiyaning mintaqaga doir diplomatik faoliyatlari esa, madaniyat, ta’lim sohasi, media va taraqqiyot sohalari bo’yicha madaniy-gumanitar faoliyatlarni o’z ichiga olgan. Bu jihatdan tashlangan birinchi qadamlardan biri, turk madaniyat va san’ati, tili, tarixiy merosini asrab avaylash, bu qadriyatlarni dunyoda targ’ib etish va yosh avlodlarga ko’z qorachig’idek yetkazish maqsad qilinadi. Ushbu maqsadga muvofiq ravishda 1993 yili Xalqaro turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tashkil qilindi.

TURKSOYga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston bilan bir qatorda, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya federatsiyasi tarkibidagi 6 nafar avtonom respublika a’zo bo’lgan. Moldovaga qarashli Gagauz avtonom respublikasi esa, tashkilotga kuzatuvchi davlat sifatida a’zo bo’lgan.

TURKSOY ko’p tomonlama hamkorlik va o’zaro madaniy aloqalar jihatidan namunali tashkilot bo’lib hisoblanadi.

Mintaqa bilan bo’lgan aloqalarida asosan ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratgan Turkiya 1992 yilda yo’lga qo’ygan “Buyuk talaba loyihasi” asosida turkiy respublikalardan yuzlab talabalarni Turkiyaga olib keldi. Kunimizda “Turkiya stipendiyalari” nomi bilan ko’plab stipendiya dasturlari xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar vazirligi tomonidan boshqariladi. Ushbu dastur doirasida o’rin olgan “Turkiyzabon davlatlar stipendiya dasturi” asosida har yili o’nlab talabalar Turkiyadagi universitetlarga qabul qilinmoqda. Qolaversa, turk tilini keng targ’ib etish maqsadida amalga oshirilgan faoliyatlar bilan Turkiyaning muhim madaniy aloqalar markaziga aylangan Yunus Emre institutining Markaziy Osiyodagi birgina markazi Astanada faoliyat ko’rsatmoqda. Qirg’iziston va Turkmanistonda Turkiya xalq ta’limi vazirligiga qarashli 4 tadan, Qozog’iston va O’zbekistonda esa bittadan ta’lim markazi faoliyat ko’rsatadi.

Qirg’iziston-Turkiya manas universiteti 1997-1998 yilgi o’quv yilidan beri Bishkekda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Turk dunyosining dastlabki hamkorlikdagi universiteti bo’lgan Ahmad Yassaviy universiteti esa, ta’lim-tarbiya va tadqiqot faoliyatlarini Qozog’istonda joylashgan filialida olib bormoqda.

Universitetda darslar asosan turk va qozoq tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, ingliz va rus tillari ham puxta o’rgatiladi. 880 nafar akademik xodim mavjud bo’lgan universitetda iqtisodiyot, tarix va ta’lim, turkologiya va xorijiy tillar filologiyasi, huquqshunoslik, tibbiyot, matematika, fizika va kimyo fanlari, sport, san’at, muhandislik fakultetlari faoliyat ko’rsatadi.

Media sohasida mintaqaga qaratilgan eng muhim faoliyatlardan biri turkiyzabon davlatlar va jamiyatlar media platforumidir. 2009-yil 21 -mart kunidan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan TRT Avaz telekanalini Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlariga qaratilgan sarmoyalaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.

Telekanalda qozoq, qirg’iz, o’zbek va turkman tillaridan tashqari, ozarbayjon va bo’shnak tillarida ko’rsatuvlar efirga uzatiladi. Anadolu axborot agentligining ruscha nashrlari ham, Turkiyadagi yangiliklarni mintaqaga yetkazuvchi navbatdagi matbuot organi bo’lib hisoblanadi.

2005 yilda BMT madaniyatlar ittifoqi tashabbusiga rahnamolik qilgan Turkiya global miqyosda madaniy elchiga aylandi desak ayni muddao bo’ladi.

Bundan tashqari, Turkiyada TIKA, Turk qizil yârim oy jamiyati, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi kabi davlat organlaridan tashqari, Yunus Emre instituti, Turk dunyosi tadqiqotlari jamiyati kabi nodavlat tashkilotlar ham madaniy diplomatiyani yuritib kelayotgan tashkilotlardandir.

Hokimiyatlar va universitetlar ham nafaqat jamiyatlar o’rtasidagi aloqalarga, balki  samarali faoliyatlari bilan tashqi siyosatga ham katta hissa qo’shib kelmoqda.

2000-yillarning boshidan e’tiboran Turkiyada bosqichma-bosqich ommaviy yangilanish jarayoni ro’y bermoqda. Ta’lim sifatining oshirilishi, farovonlikning rivojlanishi, tashqi dunyo bilan aloqalarning jadallashuvi kabi omillar bu jarayonga yaqindan ta’sir ko’rsatmoqda.

Avvalgiga qiyoslaganda, xozirda turk passportiga ega bo’lish obro’ va sharaf manbai sifatida mulohaza qilinmoqda.

Turklarning o’ziga va davlatiga bo’lgan hurmati va ishonchi tobora oshib bormoqda. Turkiyaning rivojlanishiga parallel ravishda madaniy diplomatiyasi ham mustahkamlanmoqda.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar