Turk tashqi siyosatiga nazar 22-qism

Dasturimizning bugungi sonida islomofobiya va bunga Turkiyaning munosabati haqida bahs yuritamiz.

Turk tashqi siyosatiga nazar 22-qism

                          

Xozirgi davrda islomiyat afsuski, bir qo’rquv hissiyoti bilan g’arb mamlakatlari kun tartibida turibdi. 11 sentyabr voqealaridan keyin boshlanib, terror hodisalari bilan davom etgan bu jarayon g’arb jamiyatlarini o’zini kimligi noma’lum va bitmas-tuganmas tahdid ostida deb his qilishiga sabab bo’lmoqda. Dasturimizning bugungi sonida islomofobiya va bunga Turkiyaning munosabati haqida bahs yuritamiz.

Fobi-yunoncha “phobos” so’zidan olingan bo’lib, yunon mifologiyasida qo’rquv tangrisi deb bilinadi. Xozirgi kundagi ma’nosi esa, biron narsaga nisbatan his qilingan qo’rquv shaxsning kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatish ma’nosini bildiradi.

Islomofobiya oddiy qilib aytganda, islom qo’rquvi sifatida ta’riflanadi. Islomdan va musulmonlardan qo’rqish hissiyotini ifoda etgan islomofobiya kunimizda tez-tez zikr etilishiga qaramay, aniq ta’rifi topilmaganligini bilamiz. Yevropa Ittifoqi asosiy huquqlar agentligi islomofobiyani quyidagicha ta’riflaydi.

“2001-yilning 11-sentyabrida ro’y bergan voqealardan so’ng, terrorizmga qarshi kurash doirasida, arablar, musaviylar, musulmonlar, ba’zi qochqin guruhlar, migrantlar va ba’zi etnik xalqlar ishtirokidagi guruhlarga qarashli shaxs yoki shaxslar; ta’lim, ish bilan ta’minlash, boshpana, xizmatlar va jamoat joylariga kirish, ijtimoiy imkoniyatlardan foydalanish va harakat erkinligi kabi ba’zi xususlarda millat ajratish holatlariga duch kelmoqdalar. Bu doirada islomofobiya islom dunyosiga mansub shaxslarga qaratilgan yakkalash muomalasiga berilgan umumiy nomdir” deya ta’rif berilgan.

Islom oxirgi yillarda qo’rquv hissiyoti bilan birga g’arb davlatlarining asosiy mavzusiga aylangan. 11 sentyabr voqealaridan keyin boshlangan terror hodisalari hamon davom etmoqda. Bu esa g’arb jamiyatlarining o’zini xavf ostida his qilishiga sabab bo’lmoqda.

Yuzaga kelgan salbiy voqealardan so’ng, islomni terrorizmning ilhom manbai qilib ko’rsatgan xalqaro media xabarlari ham islom qo’rquvini avj oldirmoqda.

G’arb jamiyati ichida ba’zi guruhlarni islomga qarshi bosh ko’tarishiga sabab bo’lgan yagona aybdor media emas. 2000-yildan beri Yevropada o’ta sag’ siyosiy harakatlar kuchlanmoqda. Bu harakatlar partiyaga aylanib, milliy majlislarda o’rin egallay boshladilar. Fransiyada milliy jabha, Yunonistonda Oltin shafaq, Gollandiyada ozodlik partiyasi va Avstriyada Avstriya ozodlik partiyasi kabi siyosiy partiyalar mamlakatlarida yashagan xorijliklarga va migrantlarga nisbatan yomon muomalada bo’ldilar. Bu shaklda tarafdorlari sonini yanada ko’paytirdilar.

Yevropadagi musulmon jamiyatga qarshi salbiy ko’z-qarashga Germaniyadagi turklarning boshidan o’tkazgan azob-uqubatlarini misol qilib keltirish mumkin. Oxirgi yillarda insonlarning hayotiga zomin bo’lgan qastdan o’t qo’yish hodisalarini eslasangiz kerak. Bu hodisalar faqatgina Germaniya bilan cheklanib qolmagani barchaga ma’lum. Bu voqealar butun Yevropa miqyosida masjidlar, madaniyat markazlari va savdo markazlariga nisbatan ham sodir etilib, qastdan jinoyat tusini ola boshladi. Buning ayanchli tomoni shundaki, avj olib borayotgan bu nafrat harakati tobora mahalliy xalq, media va siyosatchilarning bir qismi tomonidan oddiy holdek qabul qilindi.

2011-yilda Tunisda boshlangan xalq qo’zg’alonlariga Yevropa va AQShning munosabati nazariy jihatdan erkinlik talabi sifatida mulohaza qilindi.

Bunga qaramay, sobiq rejimlarning o’rniga kelgan hukumatlarning islomiy bo’lib yoki bo’lmasligi g’arb uchun muhim shartlardan biriga aylandi. Nahda, Musulmon qardoshlar va Suriya muxolifatini terror guruhiga qiyoslashga bo’lgan moyillikni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Bu jarayonda Turkiyaning Yaqin sharqda o’ynagan ro’lini yuksak baholashimiz kerak. Turkiyaning mintaqadagi siyosati islomga nisbatan dushmanlikning aksini ifoda etadi.

Turkiyaning Yaqin sharqda kelishuv ta’minlovchi va inson huquqlari asosiga tayangan siyosati g’arb bilan Turkiyaning mintaqaga nisbatan munosabati qanchalik farqli ekanligini ko’rsatadi.

Ayni paytda, Turkiya g’arb davlatlarida yashagan musulmon jamiyatlarning integratsiyasiga va islom davlatlarida demokratiyaning keng targ’ib etilishiga yordam beradi. Biroq, bu ijobiy munosabat afsuski, g’arb mediasining katta qismida ijobiy kutib olinmayotir.

Mintaqadagi og’ir psihologik muhit tufayli, Turkiya maydonda yakka o’zi diplomatiya o’rnatishga harakat qilmoqda va buni barcha mashaqqatlarga qaramay davom etmoqda. Qolaversa, Turkiya mintaqadagi madaniy-gumanitar muammolarga ham katta yechim yo’llarini topishga harakat qilmoqda. Bu jihatdan Yaqin sharqda  demokratiya o’rnatish kurashida to’g’ri yo’lda ekanligini aytish mumkin. Biroq, Turkiya bu kurashida g’arb va islom dunyosidan yetarli darajada yordam ola olmayotir.

Global miqyosda bir madaniyat inqirozining kundalik siyosiy xavotirlar bilan ko’rmaslikka olish Turkiyaning kunimizda yuritib kelayotgan insonparvarlik diplomatiyasining yo’liga to’g’anoq bo’lmoqda.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: Yevropa , terrorizm , Islomofobiya , Turkiya

Aloqador xabarlar