Kun tahlili 22-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiyaning chet eldagi, shu jumladan Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashi haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 22-qism

Suriyadagi taranglikni kamaytirish va tomonlar o’rtasida tinchlikni ta’minlay olishlik uchun tashkil etilgan Ostona jarayoni o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Turkiya, Rossiya va Eronning kafilligi ostida davom etgan jarayon doirasida aniqlab olingan deeskalatsiya zonasiga qarshi rejim kuchlari, Rossiya va Eron o’z hujumlarini davom ettirib, mintaqalarni qo’lga kiritishi ortidan, ayniqsa Idlib alohida o’ringa ega bo’la boshladi. Idlibning bohsqa deeskalatsiya zonasiga qaraganda Turkiya bilan to’g’ridan-to’g’ri chegara bo’lishi, Turkiyaning kuchiga-kuch qo’shgan muhim omillardan biri hisoblanadi. Undan tashqari, rejim kuchlari tomonidan qurshab olingan mintaqalardagi suriyalik muxolafat guruhlarning Idlib va Firat qalqoni amaliyoti mintaqasiga ko’chirilishi, Idlibni harbiy muxolafatning qal’asiga aylantirdi. Ostona jarayoni doirasida Idlib deeskalatsiya zonasi boshqa zonalarga qaraganda alohida o’ringa ega bo’la boshlamoqda. Turkiyaning 12, Rossiyaning 10 va Eronning 7 ta nazorat nuqtasi o’rin olgan Idlib deeskalatsiya zonasidagi to’qnashuvlar ma’lum nuqtagacha to’xtatildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa Turkiya tomonidan qurilgan nazorat nuqtalari, rejim kuchlarining suriyalik muxolafat guruhga qarshi harbiy olaroq ilgarilashiga monelik qilayotgan bir devordek.      

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya tomonidan mintaqada qurilgan nazorat nuqtalari foydalanish jihatidan bir necha qiyinchilikni ham o’zi bilan birga olib kelmoqda. Bunga ko’ra Turkiyaning mintaqa chegarasiga to’g’ridan-to’g’ri o’ta olishi katta imkon yaratib berar ekan, Idlibdagi radikal unsurlarning va rejim kuchlarining hujum qilish ehtimollari Turkiyaning tinchlikni o’rnatish uchun o’z zimmasiga olgan vazifasini murakkablashtirmoqdadir. Natijada bir omonat yetkazish chog’ida Turkiyaning yuk tashuvchi mashinasining to’xtab turgan mashinaning portlatilishi oqibatida ziyon ko’rganligi haqiqat. Vaqti-vaqti bilan rejim kuchlari va Eron yo’llagan shia militsiyalari tomonidan Turk askarlariga qarshi ig’vogar tarzda o'q uzildi. Turkiyaning Suriyadagi vaziyatni tartibga solish uchun o’z askarlarini jabha liniyasiga joylashtirishi, Turkiyaning mintaqadagi urushni to’xtatishga qaratilgan irodasining eng yaqqol ko’rsatkichidir. Turkiya bir tomondan Ostona jarayoni orqali Bashar al-Asad rejimi va Suriya muxolafat guruhi o’rtasidagi urushni to’xtatib, insonlarning o’limiga monelik qilib, tomonlar o’rtasidagi muzokaralarning va o’tish jarayonining yo’lini ochar ekan, ikkinchi tomondan esa Suriyadagi xavftan foydalangan terror tashkilotlariga qarshi o’z kurashini davom ettirmoqdadir. Firat qalqoni amaliyoti yordamida DEASh terror tashkilotini Turkiya chegarasidan tozalagan Turkiya, ortidan Afrinni PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotidan tozaladi. Turkiyaning har ikki amaliyotda ham suriyalik mahalliy kuchlar bilan birgalikda faoliyat olib borishi ham Turkiyaning mintaqadagi kuchini, hamda mintaqani bosib olish niyatida emasligini ko’rsatmoqda. Turkiya terrorizmga qarshi kurash olib borar ekan bir tomondan qo’shni Suriyada tinchlik o’rnatishga harakat qilmoqda, ikkinchi tomondan esa milliy xavfsizligini ta’minlamoqdadir. Natijada Firat qalqoni amaliyoti ortidan DEASh terror tashkilotining Turkiyadagi hujum va hujum tashabbuslari kamaydi. Shu bilan birga “Zaytun novdasi” amaliyoti Turkiyaning Hatay viloyati va Amanos tog’laridagi PKK terror tashkilotining hujumlari va hujum tashabbuslarini to’xtatdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi boshqa mintaqalarda ham davom etmoqda. Bu vaziyat Iroq bilan birga Suriyaning shimolida kuzatilar ekan unda PKK/ YPG terror tashkilotini yo’q qilishlik uchun muhim qadamlar tashlanmoqda. AQShning YPG bilan birgalikda faoliyat olib borishda oyoq tirashi mintaqadagi terrorni yo’q qilishlikga monelik qilibgina qolmay ayni vaqtda Turkiyaning milliy xavfsizligini ham xavf ostiga qo’ymoqdadir. Turkiya va AQSh o’rtasida YPG, ayniqsa Manbij mintaqasining kelajagi haqidagi muzokaralar uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. AQSh Manbij mintaqasini qo’lga olar ekan Turkiyaga bergan YPGning minaqadan chiqib ketishi haqidagi va’dasining ustidan chiqmasligi va YPG terror tashkilotini himoya qilishi NATO tarkibidagi ikki davlat munosabatining buzilishiga yo’l ochgan edi.  AQShning sobiq Davlat kotibi Rex Tillersonning Turkiyaga kelib Manbij masalasini Turk kasbdoshi bilan muzokara qilishi ortidan ikki mamlakat o’rtasida umumiy ma’noda kelishib olingan edi. Ortidan Trumpning Tillersonni o’z vazifasidan chetlatishi, o’rniga Mike Pompeoni olib kelishi, jarayonning vaqtinchalik to’xtatilishiga yo’l ochdi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li tomonidan yaqinda berilgan bayonot asosida ikki mamlakat o’rtasida Manbij muammosi uchun homaki kelishuv ta’minlangan bo’lib, detallarning esa kelasi jarayonda aniqlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Chavusho’g’lining bayonoti ortidan mahalliy manbaalar tarqatgan ma’lumotga ko’ra YPG a’zolari mintaqani tark etish uchun o’z tayyorgarligini boshlatgan vaziyatda. Va nihoyat Turkiya va AQSh o’rtasidagi shartnoma asosida YPG Manbijni tark etib Firat sharqiga o’tadi. Turkiya va AQSh mintaqadagi xavfsizlikni birgalikda ta’minlab, ikkala mamlakat Manbijning mahalliy boshqaruvlari bilan politsiya kuchlarini belgilab oladilar. Qanchalik Turkiya va AQSh o’rtasida Manbij muammosi hal qilingan bo’lsa-da Firatning sharqdiagi YPG terror tashkilotining borligi, ikki mamalakat o’rtasidagi Suriya muammolarining tugamasligini ko’rsatmoqda. Faqat Manbijda Turkiya va AQShning birgalikda ish olib borishi NATO tarkibidagi aloqa, koordinatsiya va ishonchni orttiradi. Shunday ekan Manbijda kelishib olgan mazkur ikki mamlakat Suriyaning boshqa hududlari uchun ham kelishib olishi mumkin.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya , Ostona jarayoni , Suriya

Aloqador xabarlar