Turkiya tashqi siyosatiga nazar 23-qism

Axborot texnologiyalaridagi tezkor rivojlanish va bu rivojlanishlarning ayni paytda mudofaa texnologiyalariga ham moslashuvi tobora urushlarning ham tabiatini o’zgartirmoqda.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 23-qism

 

Axborot texnologiyalaridagi tezkor rivojlanish va bu rivojlanishlarning ayni paytda mudofaa texnologiyalariga ham moslashuvi tobora urushlarning ham tabiatini o’zgartirmoqda. Dasturimizning bugungi sonida bu o’zgarishlarni, urushning tobora o’zgarib borayotgan tabiatini va urush changalida bo’lgan Yaqin sharq mintaqasini ko’zdan kechiramiz.

Mudofaa texnologiyalari va urushlarga doir tartibotlar tarix mobaynida texnologiya bilan parallel ravishda rivojlanish ko’rsatdi. Aloqa texnologiyalarining tezkor rivojlanishi geopolitik o’zgarishlar va tashqi kuchlarning asosiy o’ringa chiqishi, urushning yangi metod, taktika va tizimlar bilan davom etishini ta’minlaydi. Urushning yangi avlodi sifatida ta’riflangan ushbu boshqacha ko’z-qarashda hajmi kichik, lekin harakat qobiliyati yuksak bir-biri bilan aloqador bo’lgan bo’linmalar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy harakatlarning parchasi sifatida qo’llanilmoqda.

Yangi avlod urushiga misol sifatida Liviya operatsiyasi, Suriyadagi ichki urush va Afg’onistondagi urushni misol qilib keltirish mumkin. Bu urushlarda davlatlarning siyosiy va harbiy maqsadlari uchun tashqi kuchlardan foydalanganligini, urushning jang maydonida yoki oshkora e’lon qilinib emas, balki “vakolat urushlari” shaklida olib borilganligini kuzatamiz.

Partizan urushi rejimdan tashqari maxsus urush strategiyalarini paydo qiladi. Natijada, taktika va strategik natija uchun psihologik urush, elektronik urush, kiber urush kabi metodlar ishga solinadi.

Mudofaa texnologiyalari va urush strategiyalarini belgilashda tahdid muhiti va ehtimoliy harakat shartlari asosiy belgilovchi omillardir. To’qnashuv chiqishi ehtimol bo’lgan mintaqalar qurolli kuchlarning bu mintaqalarda amalga oshiradigan harbiy amaliyotlarga, muhit sharoitlariga va ehtimoliy doshmanlarning qobiliyatlariga qarshi tayyor turishi zarur.

Kunimizda dunyoda siyosiy, tarixiy, iqtisodiy poydevor asosida shakllangan juda ko’plab keskinliklar, to’qnashuvlar va inqirozlar jabhasi mavjud. Bularning katta qismi Yaqin sharq va uning atrofida joylashgan.

2011 yilda Tunisda boshlanib, tezkor ravishda Shimoliy Afrika va Yaqin sharq mintaqasiga tarqalgan va “Arab bahori” deb nomlangan xalq qo’zg’alonlari mintaqaning geopolitik muvozanati o’zgarishiga olib keldi. Tunis, Liviya va Misrda rejim o’zgarishi va Suriyada ichki urushga sabab bo’lgan bu harakatlar mintaqada turli radikal qurolli guruhlarning faoliyatini kuchaytirdi. Suriyada 2011 yilda boshlangan ichki urush mintaqa davlatlarining milliy xavfsizligiga to’g’ridan ta’sir ko’rsatdi. Ushbu ichki urush mintaqa davlatlarini to’g’ridan o’z domiga tortadigan ulkan urushga aylanish tahlikasini o’zida mujassam qiladi.

Xozirgi kunda Yaqin sharqning energiyaga boy eng muhim mamlakati Eronning vakolat siyosati mintaqa davlatlarida bo’lgani kabi xalqaro maydonda ham jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda. Eronning xususan uzun masofali raketa va raketa texnologiyalari bilan Basra ko’rfazidagi dengiz transport qatnoviga to’sqinlik qiladigan darajadagi tizimlariga kiritgan investitsiyalari ushbu tahdid tushunchasini yanada kuchaytiradi. Bu jarayonda Eron bilan Isroil o’rtasidagi taranglikning ulkan to’qnashuvga aylanib ketishi ham ehtimoldan holi emas.

Urushlarning o’zgacha tus olishida shubhasiz texnologiyalarning katta ro’li bor. Bilim va texnologiyaning rivojlanishi bu jihatdan mudofaa sohasida bir qator yangi texnologiyalar va tizimlarni yuzaga chiqaradi. Bular kommunikatsiya va axborot texnologiyalari hamda kiber urush, biotexnologiya, energiya, uchuvchisiz havo vositalari, ilg’or mahsulot va ishlab chiqarish texnologiyalari, simulyatsiya va tasvirlash texnologiyalari bilan alternativ kuch sistemalari va yoqilg’i texnologiyalaridir.

Dunyoda katta hurmatga sazovor bo’lgan strategist Karl Von Clausevitz “urush” siyosatning davomidir deydi. Bu jihatdan olib qaralganda urushni va yana ham kengroq ifoda etish kerak bo’lsa mudofaa hajmini milliy xavfsizlik strategiyasining bir unsuri sifatida mulohaza qilish zarur. Zotan, tarix mobaynida buyuk imperatorliklar va davlatlar urushni siyosiy, iqtisodiy va harbiy siyosatning bir bo’lagi deb baholadilar. Bugungi kunda harbiy qobiliyat, mudofaa texnologiyalari va urush strategiyalarining taraqqiy etishi to’g’ridan texnologiya bilan bog’liq. Agar strategik, iqtisodiy, siyosiy va texnologik fikrlash qobiliyati birgalikda ishga solinganda zamonaviy talablarga javob bera oladigan mudofaa hajmini insho etish mumkin bo’ladi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: mudofaa , axborot texnologiyalari , Turkiya

Aloqador xabarlar