Turkiya tashqi siyosatiga nazar 25-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Livan munosabatlari va u yerdagi turkmanlar haqida hikoya qilamiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 25-qism

                       

Livandagi ichki urush va mintaqadagi barqarorsizlik tufayli Turkiya bilan Livan o’rtasidagi aloqalarning pasayib ketishi 2000 yillardan e’tiboran o’zgara boshladi. Ikki davlat munosabatlaridagi asosiy mavzulardan biri Livandagi turkmanlardir. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Livan munosabatlari va u yerdagi turkmanlar haqida hikoya qilamiz.

Livandagi ichki urush va Yaqin sharqdagi barqarorsizlik tufayli, Turkiya bilan Livan o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatgan jarayon 2000 yillarning boshlarida o’zgara boshladi.  Livanning sobiq bosh vaziri marhum Refik Haririyning 2004 yilda Turkiyaga tashrifi bilan ijobiy tus olgan munosabatlar o’zaro ziyoratlar bilan yanada mustahkamlana boshladi.

Turkiya 2006 yildagi Isroil- Livan urushidan so’ng, Livanni qayta tiklash uchun yordam qo’lini uzatdi. Shuningdek, 2008 yilda tuzilgan Doha kelishuvining ortidan yakun topgan siyosiy inqiroz yechimida asosiy ro’l o’ynadi. BMT o’tkinchi xizmat kuchi UNIFILga harbiy jihatdan katta hissa qo’shdi. Bosh vazir Refik Haririyga qarshi sodir qilingan suiqasdni tergov qilish maqsadida BMT xavfsizlik kengashi qarori bilan tashkil qilingan Livan maxsus sudiga moddiy yordam o’tkazdi.

2010 yilda ikki tomonlama vizaning bekor qilinishi ham ikki davlat xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirdi. 2012 yilning 23 mart kuni Bayrutda Yunus Emre madaniyat markazi ochildi. Bu esa, Livandagi turk va Turkman jamiyatlarining madaniy qadriyatlarini saqlab qolishiga hissa qo’shmoqda.

Turkiya-Livan munosabatlarida turklarning u yerdagi faoliyatlari muhim o’rin egallaydi. Livanda turk hukmronligining ildizi 12 asrga borib taqaladi. Biroq, Turkiya Respublikasi rasmiy ravishda 1989 yilda Livan turklaridan xabardor bo’ldi.

Livan qo’shinida jang qilgan turkman ofitser Halit Asadning 1989 yilda xizmat jarayonida turkcha gapirganini qo’mondoni sezib qoladi. Shundan so’ng, qo’mondoni ofitser Halit Asadni Turkiya elchixonasiga boshlab boradi va mana shunday qilib mintaqadagi turkmanlar bilan aloqa o’rnatiladi. O’sha davrlarda Turkiyaning Bayrutdagi elchisi Ibrohim Dejleli bilan uchrashgan Halit Asad o’zini tanishtiradi va Kavashra qishlog’idan ekanligini, millati turkman ekanligini aytadi.

So’ngra, Livandagi turk elchi turkmanlar yashaydigan Kavashra qishlog’iga boradi va u yerdagi turkmanlar holidan xabar oladi. 1989 yillarda Livanda ichki urush hukm surganligi tufayli turk elchini turkmanlar Tripoligacha qo’riqlab boradilar. Bu tanishuvdan keyin Bayrutga kim yangi elchi bo’lib kelsa, Akkar mintaqasidagi ikki turkman qishlog’ini ziyorat qilish odatga aylanadi.

Uzoq yillar mobaynida Livanda faqatgina Akkar hududida turkmanlar yashaganligi bilinardi. Xolbuki, Livanda juda ko’p turkman qishloqlari mavjud. Kavashra qishlog’idan tashqari, Baalbek va Dinniye qishloqlarida ham turklar yashashi ma’lum bo’ldi. Ular bilan 2007 va 2011 yillarda aloqa o’rnatildi.

Bugungi kunda Livandagi turkiylarni va Usmoniy merosini 8 moddaga bo’lib o’rganish mumkin. Akkar turkmanlari, Baalbek turkmanlari, Dinniye turkmanlari, Girit turkmanlari, Livanda yashagan Turkiya Respublikasi fuqarolari, Anadoludan kelgan oilalar, Suriya turkmanlari va Cherkezlar.

Akkar viloyati Livanning shimolida joylashgan bo’lib, u yerdagi Kavashra va Aydamun qishloqlarida turkmanlar yashaydi. Kavashra qishlog’idagi aholi soni 3000 atrofida va ularning barchasi turkmanlarni tashkil qiladi. 5000 aholi mavjud bo’lgan Aydamunda esa, 3500 atrofida turkman yashaydi.

U yerga yaqin masofada joylashgan Masta Hasan qishlog’ida 5000 aholi mavjud bo’lib, ulardan 350 nafari turkmanlardir. 1200 aholiga ega bo’lgan Al-Dibbabiya hududida 50 nafar turkman yashaydi. 2500 aholiga ega bo’lgan Al-Davsi qishlog’ida 50 atrofida turkman oila yashaydi. Akkarda yashagan turkmanlar soni 7000 dan ortiq.

Bu mintaqadagi beshta qishloqda turkmanlar yashaydi va Hermel yaqinidagi bir qishloqda ham turkmanlarni uchratish mumkin. Durisda 700, Shermiyada 1200, Nananiyada 900, Hadidiyada 600, Mashari Al Kaada 500 kishi bo’lib, jami 4000ga yaqin turkman istiqomat qiladi.

Dinniyada yashagan turkmanlar haqida Turkiya 2011 yilda xabardor bo’lgan. O’sha davrlargacha Turkiyaning u yerlarda turkmanlar yashashidan xabari yo’q edi. Dinniya va Havvarada jami 600 turkman, Gurhayyada esa 100 atrofida turkman yashaydi.

Kunimizda Livanda 10 ming atrofida Girit turklari yashaganligi taxmin qilinadi. Qolaversa, Bayrutda iqtisodiy sabablar tufayli u yerga ko’chib kelgan 50 ming atrofida turk yashaydi. Tripoli va Akkar viloyatida Usmoniy davridan qolgan ziyoli oilalar yashaydi.

Tripolida Turkmaniy familiyasiga ega bo’lgan qarindosh 200 oila bor. Turkmaniy sulolasi tomonidan tashkil qilingan “Livan Turkmaniy jamiyati” ham bugungacha o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Usmoniy-Rus urushi (1877-1878)dan keyin Yaqin sharqqa kelib joylashgan Cherkezlar ham Turkiya bilan aloqalarini davom ettirmoqda.

Suriyadagi ichki urush tufayli Livanga juda ko’plab turkmanlar ko’chib kelgan. Suriyaning Halab va Lazkiya viloyatlarida yashagan turkmanlar chegaraga eng yaqin bo’lgan Turkiyaga kelib joylashdi. Humus va Tartusda yashagan turkmanlar esa geografik jihatdan eng yaqin masofada joylashgan Akkar va Baalbekdagi turkman hududlariga ko’chib keldi. Suriya poytaxti Damashqda yashagan turkmanlarning katta qismi Bayrut va Tripoliga ko’chib keldi.

Turkiya prezidenri Rajap Tayyip Erdo’g’anning 2010 yilda Livanga tashrifi chog’ida Kavashra qishlog’i yaqinida miting o’tkazgani Livandagi turkmanlarga bo’lgan ko’z-qarash va muomalani o’zgartirdi. Turkiyaning turkmanlarni qo’llab quvvatlashi u yerdagi turkmanlarning obro-e’tiborini yanada oshirdi. Bayrutda ochilgan Yunus Emre turk madaniyat markazi va 2014 yilda tashkil topgan TIKAning Livandagi vakolatxonasi ham turkmanlarga nisbatan e’tibor va gumanitar yordamlarning ko’payishi jihatidan muhim ro’l o’ynadi.

Xozirda Livanda turkmanlarning yashash sharoitlari biroz yaxshilangan bo’lsa ham, ularning hamon huquqiy statuslari, siyosiy vakillari yoki kuchli nodavlat tashkilotlari yo’q. Kelgusi jarayonda bu jihatdan zarur faoliyatlar amalga oshiriladi degan umiddamiz.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: TIKA , turkman , Livan , Turkiya

Aloqador xabarlar