Turkiya tashqi siyosatiga nazar 26-qism

Dasturimizning bugungi sonida Qatar inqirozi va Turkiya-Qatar munosabatlarini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 26-qism

 

23 maydan 24 mayga o’tar kechasi Qatar xabar agentligining hakerlanishi bilan boshlangan Qatar inqiroziga ham mana bir yil to’ldi. Bu jarayonda 5 iyun kuni bir qancha arab mamlakatlari Qatar bilan diplomatik munosabatlarni to’xtatdi. Bu shaklda Qatar inqirozi xalqaro miqiyosda keng tarqaldi.

Dasturimizning bugungi sonida Qatar inqirozi va Turkiya-Qatar munosabatlarini ko’zdan kechiramiz.

Bundan 1 yil muqaddam Saudiya Arabistoni, BAA va Misr bilan bir qatorda, ba’zi arab davlatlari turli ayblovlar tufayli Qatar bilan diplomatik munosabatlarni to’xtatdi. Bu holat ko’rfaz mintaqasida ro’y bergan eng katta diplomatik inqirozlarga sabab bo’ldi. Diplomatik munosabatlarning butunlay to’xtatilishi AQShning Tramp hukumati orqali “Qatar bilan munosabatlarni ko’zdan kechiring” shaklidagi tazyiqi avj olgan davrda ro’y berdi.

Saudiya Arabistoni va atrofidagi davlatlar Qatarni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda aybladi. Biroq, ushbu davlatlar bu iddaolarni isbotlay olmadilar.

Qatar Basra ko’rfazida joylashgan kichkina lekin, mintaqa siyosati va iqtisodiyotida faol mamlakatlardan biridir. Qatar tabiiy gaz zahirasi bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi. Shuningdek, ko’plab ahamiyatga molik universitetlarga, tashkilotlarga va Al Jazira kabi xalqaro media organiga ega bo’lgan davlat. Qatar hududlarida xorijlik askar va harbiy bazalar mavjud. Turkiya bilan ham munosabatlari juda yaxshi darajada. Qatarning mintaqada Turkiya bilan energiya hamkorligiga doir tashlagan qadamlari, Turkiya bilan harbiy aloqalari, xatto Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasi bir qator ko’rfaz davlatlarini bezovta qilganligi barchamizga ma’lum.

Qatar mintaqada demokratiya tashabbuslarini qo’llab quvvatlaganligi tufayli, arab jamiyatlari nazarida juda ijobiy e’tiborga ega. Muvaffaqiyatli harbiy kuchi bilan nafaqat mintaqada, balki global miqyosda ham o’z o’rnini topgan davlatlardan biridir. Asosan, ingliz va arab tillarida faoliyat ko’rsatgan Al Jazira media organi bilan mintaqaviy hamda global miqyosda o’z muxlislariga ega.

Qatar ko’rfaz mintaqasidagi boshqa hukumatlarga nisbatan yana ham liberal siyosati bilan diqqat qaratadi. “Arab bahori” jarayonida muxolifat va yangi tizim tarafdorlarini qo’llab quvvatlashi ko’rfaz monarxiyasining Qatarga nisbatan tanqidining asosiy sababini tashkil qiladi.

Darvoqe, Turkiya bilan Qatar Suriyada Asadga qarshi tinchliksevar muxolifatni qo’llab quvvatlaganligi ham barchamizga ma’lum. Jeneva va Astana jarayonida muxolifatni murosaga ko’ndirgan ham Turkiya bilan Qatar bo’ladi.

Bundan tashqari, Qatar bilan Turkiya iqtisodiy maydonda katta hamkorlikka ega. Qatarning Turkiyadagi investitsiyalarining qiymati 20 mlrd dollar atrofida. Qatar inqirozi boshlanganda, Turkiya oldida ikki yo’l bor edi. Betaraf bo’lish yoki faol ravishda vaziyatga aralashish. Turkiya 2-yo’lni tanladi va Qatarni himoya qildi. Turkiya siyosati Qatar manfaati uchun faol harakat qildi. Turkiya Qatardagi oziq-ovqat tanqisligini bartaraf etish uchun qamalni buzib to’g’ridan mahsulot yetkazib turdi. Yana eng muhimi bundan oldin Qatar bilan imzolangan shartnomani majlisda tasdiqlab, Qatarga turk askarini joylashtirishga doir qadam tashladi.

 Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Qatardagi turk harbiy bazasi ko’rfazning hududiy yaxlitligini va barqarorligini saqlab qolishga xizmat qilishini bildirdi. Bu juda muhim. Xatto, ayni damlarda qirol Salmonga Saudiya Arabistonida ham turk harbiy bazasini ochishni taklif qilganligi Turkiyaning yaxshi niyatini ko’rsatadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Birinchi bosqichda Qatarni qo’llab quvvatlar ekan, tinchlik tarafdori bo’lishdan voz kechmagan Turkiya mintaqadagi oqil kuch ekanligini barchaga isbotladi.

Qatar xalqaro finans sohasida ham muhim davlat. Xalqaro investitsiyalari bilan oxirgi yillarda Quvayt va BAA kabi sarmoyador ko’rfaz davlatlaridan o’zib ketdi. Tabiiy gaz bo’yicha dunyoda 3-, neft zahiralariga boyligi jihatidan dunyoda 13-o’rinda turgan Qatar iqtisodiy jihatdan tobora rivojlanib bormoqda.

Bu o’zgarish Qatarni boshqa ko’rfaz davlatlaridan ajratib turadi. Mamlakat Salafiylik e’tiqodiga ega bo’lib, o’ta qattiq va chetlashtiruvchi munosabatlardan uzoq turadi. Bu esa, Qatarni so’fiy islom an’anasining meroschisi bo’lgan Turkiya bilan yaqinlashirib turadi.

1913 yilda turklar inglizlar bilan tuzgan shartnoma asosida Qatardan chiqishni qabul qilgan edi. Biroq, Qatardan chiqishi 1915 yilda amalga oshdi. Endilikda esa, turklar Qatar bilan bir qancha sohada hamkorlik yo’lga qo’yib, unga qaytmoqda. Bugungi kunda Qatar bilan Turkiya Yaqin sharqda barqarorlik uchun muvaffaqiyatli siyosat olib bormoqda. Ikki davlat yaqin hamkorlik ruhida mustaqil va faol tashqi siyosatga zamin yaratmoqda. Yaqin sharqning ushbu ikki muhim kuchi mard, yordamsevar, vositachi, tashabbuskor, sarmoyador hususiyatlari bilan mintaqada o’z o’rnini topmoqda.

Bugungi kunda Qatar bilan Turkiya Yaqin sharqning eng muhim kuchlaridir. Shu sababli, bu ikki davlatning Yaqin sharq geografiyasida yangi tartib o’rnatishdan boshqa niyatlari yo’q. Bu jihatdan Turkiya va Qatar mushtarak qadriyatlar va mushtarak tamoyillarni o’zida mujassam qiladi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya-Qatar munosabatlari , Turkiya , Qatar

Aloqador xabarlar