Turkiya tashqi siyosatiga nazar 27-qism

Dasturimizning bugungi sonida BAAning mintaqada tutgan o’rni va Turkiya bilan BAA o’rtasidagi munosabatlarga to’xtalamiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 27-qism

                        

Oxirgi yillarda jiddiy kengayish siyosatini olib borayotgan BAA mintaqaning eng ilg’or kuchiga aylanish maqsadida olg’a qadam tashlamoqda. Bu jarayonda BAA bilan Turkiya o’rtasida taranglik davom etmoqda. Dasturimizning bugungi sonida BAAning mintaqada tutgan o’rni va Turkiya bilan BAA o’rtasidagi munosabatlarga to’xtalamiz.

BAA oxirgi yillarda shov-shuvsiz, lekin keng tarqalish siyosatini olib bormoqda. Bundan maqsad Yaqin sharq bilan shimoliy va sharqiy Afrikani shakllantirgan mintaqaviy kuchga aylanishdir. BAA mintaqadagi deyarli har-bir kurashning ichida to’g’ridan va qisman bo’y ko’rsatmoqda.

BAA neft zahirasiga boyligi jihatidan dunyoda 6-o’rinda turadi. Bu mamlakat Fors va Omon ko'rfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan bo’lib, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. Shimolda esa,  Eron bilan dengiz orqali chegaradosh. BAA Abu-Dabi, Ajiman, Emanay, Ras-al-Xayma, Umm-al-Kavayn, Shaija hamda Al-Fujayra kabi 7 amirlik ishtirokida 1971 yilda tashkil topgan. BAA ushbu 7 amirlikdan iborat bo’lgan federatsiya bo’lib hisoblanadi.  Mamlakatdagi neft zahiralarining 90%i Abu Dabi amirligida joylashgan. Mamlakatdagi 2-buyuk amirlik esa Dubai bo’lib hisoblanadi.

BAA uzoq yillar mobaynida Yaqin sharqdagi kurash, inqilob va ichki urushlarning bosh aktyoridir. Oxirgi yillarda pulini, energiyasini, tarafdorlar kuchini Yaqin sharqda qutblashishga sarfladi. Chunki, BAA bundan iqtisodiy manfaat kutadi. Dunyo bo’yicha neft zahiralarining 10%iga ega bo’lgan va neft eksporti bo’yicha dunyoda 7-o’rinda turgan BAA uchun ko’rfazdagi energiya manbalarining chetga xavfsiz ravishda yetkazilishi juda muhim.

Yana Yaqin sharq tijoratida va finans sektorida Dubay muhim markazlardan biridir. Shu sababli, Osiyo-Yevropa o’rtasidagi dengiz orqali savdo yo’llarini va energiya guzargohlarini nazorat qilish BAA uchun katta ahamiyatga ega. BAAning 2-o’rindagi rejalari esa, siyosiy ahamiyatga ega. Bulardan birinchisi, Arab dunyosining ichki nizolar bilan bo’lingan va Qohira, Damashq, Bog’dod kabi qadim madaniyat markazlarining holdan toygan bir davrida yuzaga kelgan bo’shliqni to’ldirish va aholi soni kengayib borayotgan Turkiya va Eronning oldini to’sishdir. 2-siyosiy maqsadi; Yaqin sharqdagi o’zgarish to’lqiniga qarshi chiqish va iloji bo’lsa, bu jarayonni ortga qaytarishdir.

Uzoq vaqtdan beri BAA bilan Turkiya o’rtasida kelishmovchilik davom etganligi sir emas. BAA Misrdagi inqilobgacha Turkiya bilan yaxshi tijoriy va siyosiy hamkor bo’lib kelayotgan edi. Biroq, Misr inqilobidan keyin, vaziyat o’zgara boshladi. 2013 yilda Misrda sodir bo’lgan to’ntaruvda, Turkiya va Qatar bilan BAAni o’z ichiga olgan Arabiston blogi farqli kuch markazlari bilan til biriktirishni afzal ko’rdi. Turkiya va Qatar demokratik saylov bilan hukumat taxtini egallagan Mursiyni qo’llab quvvatlar ekan, keyingi blok esa, hukumatni to’ntargan Sisini moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatladi.

Turkiya va Qatar Misrda xalq tomonidan saylanishiga qaramay, to’ntarilgan hukumatning huquqini himoya qildi. BAA va ittifoqdoshlari esa, Sisini qo’llab quvvatladi. BAA bu shaklda siyosiy manevralar bilan Misrning siyosiy ishlariga aralashdi. Buni amalga oshirar ekan, Saudiya Arabistoni va boshqa ko’rfaz davlatlari tomonidan ham qo’llab quvvatlandi.

BAA Turkiyani mintaqani shakllantirish sa’y-harakatlari oldida bir to’g’anoq sifatida ko’radi. Bolqonlardan Somaligacha bo’lgan bepoyon mintaqada Turkiya bilan raqobatlashmoqda. Somalida iqtisodiy kuchini, Turkiya kabi Somalini qayta tiklash uchun emas, balki Turkiyaga qarshi siyosiy kurash uchun sarflamoqda.

 Ko’rfaz va Arabiston yarim orolidagi davlatlar oldida shiyalar va yadro xavfsizligi bilan bog’liq Eron muammosi mavjud. Eronning Turkiya va Qatar bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishi bu xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Qatar esa, alohida muammo sifatida ko’rfaz davlatlari oldida turibdi. Qatar xozirda Eron va Turkiya bilan yana ham iliq munosabatlarga ega.

Qolaversa, Turkiya Misrdagi musulmon qardoshlar muxolif tashkilotini ham qo’llab quvvatlamoqda. Bularning barchasi Saudiya Arabistoni kabi BAA ni ham xavotirga solmoqda. BAA Qatar bilan Turkiya bu mavzuda til biriktirganligini taxmin qiladi. Turkiyaning bu jihatdan BAAga qarshi kurashga tayyorgarlik ko’rayotganligi haqida ham xom hayollarga ega.

BAAning Turkiyaga nisbatan salbiy ko’z-qarashini Eron bilan bo’lgan munosabatlari jihatidan muhokama qilish mumkin. Qolaversa, Qatarning Turkiya hududlarida bir harbiy baza qurganligi ham BAAni bezovta qiladi. Albatta, bu taxminlar qanchagacha davom etadi buni vaqt ko’rsatadi. BAAning bu agressifligini to’xtatmasdan turib Yaqin sharqda tinchlik o’rnatish amri mahol.

BAAning bu agressifligidan Saudiya Arabistoni ham ta’sirlanmoqda. Shu sababli, BAA bilan bog’liq muammoni Yaqin sharq mintaqalari birgalikda bartaraf etishi zarur.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: ko'rfaz , Qatar , BAA , Turkiya

Aloqador xabarlar