• Video galereya

G-20 sammiti bugun Argentina poytaxti Buenos Airesda o’z ishini boshladi

Mazkur anjumanga Turkiyadan Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak va Markaziy bank rahbari Murat Chetinkaya ishtirok etmoqda.

G-20 sammiti bugun Argentina poytaxti Buenos Airesda o’z ishini boshladi

Dunyoning eng yirik 20 mamlakati ishtirokida tashkil topgan “Katta yigirmalik” ya’ni G-20 sammiti bugun Argentina poytaxti Buenos Airesda o’z ishini boshladi.

“Katta yigirmalik” (G20 — inglizcha The Group of Twenty, major advanced and emerging economies) hukumat va markaziy bank rahbarlarining klubi bo‘lib, unga iqtisodi taraqqiy etgan Avstraliya, AQSh, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kiradi.

Yevropa Ittifoqi nomidan Yevrokomissiya va Yevropa Kengashi raislari ishtirok etadi. Shuningdek, G-20 anjumanlarida Moliyaviy barqarorlik Kengashi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti, BMT, Jahon banki rahbarlari ham ishtirok etadi.

Mazkur anjumanga Turkiyadan Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak va Markaziy bank rahbari Murat Chetinkaya ishtirok etmoqda.

Anjumanda AQSh tomonidan amalga oshirilgan savdo urushi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Turkiya Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak anjuman doirasida Amerika moliya vaziri Steven Mnuchin bilan uchrashdi.
Dunyo aholisining uchdan ikki qismi istiqomat qiladigan G-20 mamlakatlari hissasiga yalpi milliy mahsulotning 85%i, jahon savdosining to’rtdan uch qismi to‘g‘ri keladi.

G-20 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari Buenos Airesda global iqtisodiy muammolarni muhokama qiladi.

Anjumanda AQShning qo’shimcha boj solig’iga duch kelgan Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Kanada va Meksika kabi davlatlar bilan aloqador bo’lgan savdo urushi ruhida o’tmoqda.

Sammitda Kanadadagi anjumandan farqli ravishda murakkab bo’lsa ham mushtarak bayonnoma imzolanishi taxmin qilinmoqda.

Turkiya Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak bugun sammit doirasida Indoneziya moliya vaziri, Germaniya moliya vaziri, Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri, Xitoy moliya vaziri, Braziliya moliya vaziri, Janubiy Koreya strategiya va moliya vaziri, Yevrokomissiya iqtisodiy va moliyaviy ishlardan mas’ul a’zosi va AQSh hazina vaziri bilan o’zaro uchrashuvlar amalga oshirdi.

Berat Albayrak G-20 jamoasining tasvirga tushish marosimida ham ishtirok etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar