Turkiyaning Erzinjan viloyatida noqonuniy 76 muhojir qo’lga olindi

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’ldiki, mikroavtobusdagi 23 yo’lovchi Afg’oniston fuqarosi bo’lib, ular noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga kirib kelgan.

Turkiyaning Erzinjan viloyatida noqonuniy 76 muhojir qo’lga olindi

Turkiyaning Erzinjan viloyatida noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga kirib kelgan 76 muhojir qo’lga olindi.

Jandarm kuchlari Erzinjan-Erzurum yo’lida shubhali mikroavtobusni to’xtatdi.

Yo’lovchilarning fuqarolik passportlari tekshiruvdan o’tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’ldiki, mikroavtobusdagi 23 yo’lovchi Afg’oniston fuqarosi bo’lib, ular noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga kirib kelgan.

Qolaversa, o’sha hududda olib borilgan navbatdagi tekshiruvlarda esa, noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga kirib kelgan yana 53 muhojir qo’lga olindi.

Bulardan 7 nafari yosh bola ekanligi ma’lum bo’ldi.

Ular tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, Uzumlu tuman jandarm boshqarmasiga olib ketildi.

 


Tanlangan kalimalar: Afg'oniston , noqonuniy muhojir , Erzinjan , Turkiya

Aloqador xabarlar